QUTB KUNI

QUTB KUNI

QUTB KUNI — Yerning Shim. qutb doirasidan shimolroqda va Jan. qutb doirasidan janubroqda boʻlgan sohalardagi kun. Bir sutkadan ortiq davom etadi. Bahorgi teng kunlik (21 yoki 22 mart), yaʼni Quyoshning ogʻishi 5=0° ga teng boʻlganda Yerning Shim. qutb doirasida Quyosh chiqadi, Qutb kuni boshlanadi va u kuzgi teng kunlikkacha (21 yoki 22 sent.) davom etadi. Jan. qutb doirasi ichidagi Qutb kunilari, aksincha, kuzgi teng kunliktn bahorgi teng kunlikkacha davom etadi. Quyoshning ogʻishi orta borishi bilan Shim. qutb atrofidagi Qutb kuni li sohalar koʻlami ham ortib boradi. Soha Shim. qutbdan qancha uzoqda boʻlsa, Qutb kuni shuncha kech boshlanadi va kunning uzunligi shuncha kam boʻladi. Qutblarda Qutb kuni yarim yil davom etadi. Shim. yarim sharda Quyoshning ogʻishi maksimal (5=+23°27ʻ) boʻlganda, yaʼni Quyoshning yozgi turish kunlari (21 yoki 22 iyun) Q. k. uzunligi ham maksimal boʻladi va Quyosh shu kuni botmaydi. Haqiqatda yuqorida aytilgan hodisa birmuncha boshqacharoq kuzatiladi:

Ensiklopediya.uz
QUTB KUNI