Qushlar va parrandalar haqida she’rlar to‘plami to’liq malumot oling
Bog‘ning qiy-chuviga quloq tutaman,
Bu yerda turfa xil qushlar aylanar.
Sa’va-yu qaldirg‘och – o‘zi bir jahon,
Va lekin ko‘payib ketmish maynalar.
Bunday olg‘ir qushni ko‘rmaganman hech,
Bir cho‘qib o‘n qarar – tegar joningga.
Unga farqi yo‘qdir: kunduzmi yo kech,
Dangal sherik bo‘lar dasturxoningga.
Yurishini ko‘rsang, olifta, satang,
Balki sepib olgan farang atrini.
Musicha o‘zini eplaydi arang,
U-chi, yerga urmas sira qadrini.
Ayni pishgan chog‘i bog‘ingda kishmish,
Egalik qiladi ekkanday o‘zi.
Yaxshiyam yo‘q unda o‘ttiz ikki tish,
Yaxshiyam hamyonni poylamas ko‘zi.
Ulgursa yer yuzin aylardi taqir,
So‘ngra bir-birin yeb, topardi barham.
Dunyoda insofli qushlar ko‘p axir,
Ular soyasida yashar mayna ham.
BURGUT QISMATI – Abdulla Oripov
Quloqqa chalinar gohi-gohida
Shunday bir rivoyat, shunday bir o‘git:
Nochoru noiloj qolgan chog‘ida
O’zini toshlarga urarmish burgut.
Men senga iltijo qilurman, egam,
Agar-chi tilimda shukronang bisyor.
Mehringdan mosuvo etma meni ham,
Do‘stlarga zor etma, dushmanlarga xor.
Oqil bo‘lsa hamki, bo‘lsa-da nodon,
Roziman, beribsan farzand yaratib.
Qartaygan chog‘imda, tilanchisimon
Sen ular qo‘liga qo‘yma qaratib.
Kulbai vayronam yetar menga, bas,
Yashayman sabrning koshonasida.
Iloyo, bosh egib yurmayin besas
Takabbur zotlarning ostonasida.
Qarayman sarg‘aygan tund quyoshimga,
Sekin og‘ib borar umrning tuni.
Magar rahm etmasang, tushsin boshimga,
Mayli, o‘sha nochor burgutning kuni.
CHUMCHUQ BOLALARI
Pechkaning karnayiga,
Chumchuq uya quribdi.
Moʼralasam foydalanilmoqda, Bolalari turibdi.
Yoqsak agar pechkani, yashash
umri tugar.
Shunday qoldirmay buni,
Oʼylay boshladim tadbir.
Soʼng ularni avaylab,
Karnay ichidan oldim.
Xavfsizroq davolash qoʼyib,
Tagiga xashak soldim.
Ularga ovqat berib,
Qaray olaman oʼzim.
Birdan shularni oʼylab,
Yorishib ketdi yuzim! …
LAYLAK
Laylakvoy kelib koʼklam,
Uchib keldi janubdan.
“Oʼlkamga xush kelibsan,
Seni kutardik koʼpdan.
Oʼzingga oshyon qurib,
Parvarishla bolangni.
Atrofga sezgir boʼlib,
Balandroq qur uyangni.
Doim extiyot boʼlsang,
«Rogatka» li boladan.
Qoʼliga tushib qolsang,
Foyda yoʼq ox-noladan.
Qanot
yoz emin -erkin, Bulutdan xam baland uch.
Unutma bizni lekin,
chunki doʼstlik, asl kuch! »
QARG’A VA YONG’OQ
Kech kuz edi, shudgorda,
Bir qargʼa yurar edi.
Iz qoldirib xar joyda,
Nenidir izlar edi.
Bir oz vaqt oʼtgach qargʼa,
Tumshugʼini koʼtardi.
Qargʼaning tumshugʼida,
Bitta yongʼoq turardi.
Yongʼoqni ilinjida,
Qargʼa tomon «ot soldim».
Borsam qargʼa osmonda,
«Osh boʼlsin» deya qoldim!
QUSHLAR KUZ FASLIDA
Qushlar uchib ketdilar,
Uzoq mamlakatlarga.
Yana ortga qaytishar,
Baxor kelsa bizlarga.
Ayniy koʼklam paytida,
Ular qaytgan boʼladi.
Sayroqi tovushlarga,
Butun olam toʼladi.
Xozircha, mayli, zerikarli,
Kech qolmanglar safardan.
Manzilni «yozib» oling,
Shoshib qolmang qaytganda!
OLMAXON VA ZAG’IZG’ON
Tinmay yongʼoq yigʼibdi,
Yozu-kuzda olmaxon.
Faqat oʼynab kulibdi,
Yallo qilib, zagʼizgʼon.
Olmaxonni Zagizgʼon,
Rosa mazax qilibdi.
Jigʼiga tegib xar on,
Juda xafa qilibdi.
Soʼngra yoz va kuz oʼtib, Qaxraton qish kelibdi.
Zagʼizgʼonni qorni xoʼp,
Karnay-surnay chalibdi.
Boray desa doʼsti yoʼq,
Rosa boshi qotibdi.
Xattoki u bechora,
Kasal boʼlib qolibdi.
Shiftga qadab, nursiz koʼzin,
Yotar edi zagʼizgʼon.
Zagʼizgʼonning betobligin,
Eshitibdi olmaxon.
Olmaxon zagʼizgʼondan,
Xabar olib turibdi.
Bir oz oʼtgach, zagʼizgʼon,
Sogʼayib xam ketibdi.
Zagʼizgʼon doʼst qadriga,
Shundagina yetibdi.
Zagʼizgʼon olmaxondan,
Kechirishin soʼrabdi.
Olmaxon zagʼizgʼonga:
«Xoʼp, men kechirdim» debdi.
Shundan keyin ikkovlon,
Bir umr doʼst boʼlibdi.
Qissadan xissa qilsam,
Mexnatning tagi roxat.
Doʼstlarim, ertagim xam,
Tugabdi-ku, nixoyat!
TURNALAR – Sodiqjon Inoyatov
Kuz keldi, o’xshagancha
Mayin, dilxush navoga.
Turnalarning «qur-quri»
Taralmoqda havoga.
Ana, ular to’planib
Ketmoq uchun janubga,
Marvarid munchoqlarday
Tizildilar bir ipga.
Qushlar issiq o’lkani
Ko’zlab yo’lga shaylanar.
Ammo dilgir, betoqat,
Davra yasab aylanar.
Men qushlarga tikilib
Ilg’ab oldim bir ma’ni:
Yurt mehri turnalarni
Qo’yvormasdi ketgani.
LAYLAK KELSA – Safo Ochil
Laylak kelsa
Yoz bo‘ladi.
Cho‘milishga
Soz bo‘ladi.
Laylaklarga
Ming-ming rahmat.
Ularga tosh
Otma, Ahmad.
Sen tosh otsang,
Men tosh otsam,
Kelmas laylak.
U kelmasa,
Kelmaydi yoz.
Yoz kelmasa,
Sira bo‘lmas
Umrimiz soz!
«Gulgina» kitobidan olindi
MENI KECHIR XO‘ROZIM – Zulfiya Mo‘minova
Xo‘rozimni cho‘miltirdim,
Sovunlab qo‘lim toldi.
Xo‘rozimga yoqmadi bu,
Dakanglab qochib qoldi.
Tobi qochdi xo‘rozimni,
Shjamollab qoldimikan?.
Majburlab cho‘miltirganimni
Ko‘ngliga oldimikin?.
Darhol do‘xtirga ko‘rsatdik,
Do‘xtir dori ichirdi.
Tongda shodon qichqirdi u,
Demak meni kechirdi.
XO‘ROZNING SALOMI – Zulfiya Mo‘minova
O‘g‘ri-o‘g‘ri deyavermanglar,
Ros tdan o‘g‘ri bo‘ladi.
Bu ketishda o‘g‘ri tulki
Qachon to‘g‘ri bo‘ladi?.
Gar ko‘rsanglarTulkijonga
Bir iliq kalom denglar.
Yurgan bo‘lsa u obketgan
Tovuqlarga salom denglar.
OLAQANOTNING POLAPONLARIGA NASIXATI – Tursunboy Adashboev
Nasibang bog‘u rog‘da,
Azizim, polaponim.
Lochinlar ham lol qolsin,
Joningga payvand jonim.
Burgutlarday yovqur bo‘l!
Barcha gap ahillikda.
Paytin topib, bexosdan
O‘ljangga tashlan tikka!
Qorayaloq, Qarqunoq,
Qarg‘a bilan Hakkalar —
Ular o‘g‘ri, inidan
Quvib chiqing yakkalab.
O‘jarlik, muttahamlik
Faqat bizga yarashar,
Buni ayni zamonda
Botirlik deb sanashar.
Mevazor bog‘ni ko‘rib,
Ko‘zinglar to‘rt bo‘ladi.
Olmurutni cho‘qimang,
Bandlari mo‘rt bo‘ladi.
Tatib ko‘ring mayliga
Mevaning har xiliga,
Tanlab englar, iltimos,
Eng shirin, sarhilini.
CHilgi bilan uzumni
SHingilida qoldirmang,
Gilos, xurmo, noklarni
CHumchuqlarga oldirmang.
Olg‘irlarning hamisha
Olchi turar oshig‘i,
Bo‘lmang aslo qushlarning,
Siz yalama qoshig‘i.
Olaqanot deydilar,
Ota-bobong otini.
O‘tirmagin, bolajonim,
Musichaday tortinib…
baxtiyor.uz
Sherlar
Qushlar va parrandalar haqida she’rlar to‘plami