Qushlar va parrandalar haqida sher eng sara sherlar to‘plami
To’ylar bo’lsin muborak Tabriklayin sizlarni Davramizning to’riga Taklif qilay qizlarni Qani kuyov jo’ralar Ayting qadax so’zlarni Davramizga chorlayman Eng qadrdon do’stlarni (Umringiz bahordek bo’lsinu xech yomg’iri bo’lmasin Yozdek issiq bo’lsinu Saratoni bo’lmasin Kuzdek to’kin.
Qushlar haqida she’rlar
Bolalar uchun qushlar va parrandalar haqida sara she’rlar to’plami.
Mayna
Abdulla Oripov she’ri
She’rni ochish / Yopish
Bog‘ning qiy-chuviga quloq tutaman,
Bu yerda turfa xil qushlar aylanar.
Sa’va-yu qaldirg‘och — o‘zi bir jahon,
Va lekin ko‘payib ketmish maynalar.
Bunday olg‘ir qushni ko‘rmaganman hech,
Bir cho‘qib o‘n qarar — tegar joningga.
Unga farqi yo‘qdir: kunduzmi yo kech,
Dangal sherik bo‘lar dasturxoningga.
Yurishini ko‘rsang, olifta, satang,
Balki sepib olgan farang atrini.
Musicha o‘zini eplaydi arang,
U-chi, yerga urmas sira qadrini.
Ayni pishgan chog‘i bog‘ingda kishmish,
Egalik qiladi ekkanday o‘zi.
Yaxshiyam yo‘q unda o‘ttiz ikki tish,
Yaxshiyam hamyonni poylamas ko‘zi.
Ulgursa yer yuzin aylardi taqir,
So‘ngra bir-birin yeb, topardi barham.
Dunyoda insofli qushlar ko‘p axir,
Ular soyasida yashar mayna ham.
Burgut qismati
Abdulla Oripov she’ri
She’rni ochish / Yopish
Quloqqa chalinar gohi-gohida
Shunday bir rivoyat, shunday bir o‘git:
Nochoru noiloj qolgan chog‘ida
O’zini toshlarga urarmish burgut.
Men senga iltijo qilurman, egam,
Agar-chi tilimda shukronang bisyor.
Mehringdan mosuvo etma meni ham,
Do‘stlarga zor etma, dushmanlarga xor.
Oqil bo‘lsa hamki, bo‘lsa-da nodon,
Roziman, beribsan farzand yaratib.
Qartaygan chog‘imda, tilanchisimon
Sen ular qo‘liga qo‘yma qaratib.
Kulbai vayronam yetar menga, bas,
Yashayman sabrning koshonasida.
Iloyo, bosh egib yurmayin besas
Takabbur zotlarning ostonasida.
Qarayman sarg‘aygan tund quyoshimga,
Sekin og‘ib borar umrning tuni.
Magar rahm etmasang, tushsin boshimga,
Mayli, o‘sha nochor burgutning kuni.
Chumchuq bolalari
She’rni ochish / Yopish
Pechkaning karnayiga,
Chumchuq uya quribdi.
Moʼralasam foydalanilmoqda, Bolalari turibdi.
Yoqsak agar pechkani, yashash
umri tugar.
Shunday qoldirmay buni,
Oʼylay boshladim tadbir.
Soʼng ularni avaylab,
Karnay ichidan oldim.
Xavfsizroq davolash qoʼyib,
Tagiga xashak soldim.
Ularga ovqat berib,
Qaray olaman oʼzim.
Birdan shularni oʼylab,
Yorishib ketdi yuzim! …
Laylak
She’rni ochish / Yopish
Laylakvoy kelib koʼklam,
Uchib keldi janubdan.
“Oʼlkamga xush kelibsan,
Seni kutardik koʼpdan.
Oʼzingga oshyon qurib,
Parvarishla bolangni.
Atrofga sezgir boʼlib,
Balandroq qur uyangni.
Doim extiyot boʼlsang,
«Rogatka» li boladan.
Qoʼliga tushib qolsang,
Foyda yoʼq ox-noladan.
Qanot
yoz emin -erkin, Bulutdan xam baland uch.
Unutma bizni lekin,
chunki doʼstlik, asl kuch! »
Qarg’a va yong’oq
She’rni ochish / Yopish
Kech kuz edi, shudgorda,
Bir qargʼa yurar edi.
Iz qoldirib xar joyda,
Nenidir izlar edi.
Bir oz vaqt oʼtgach qargʼa,
Tumshugʼini koʼtardi.
Qargʼaning tumshugʼida,
Bitta yongʼoq turardi.
Yongʼoqni ilinjida,
Qargʼa tomon «ot soldim».
Borsam qargʼa osmonda,
«Osh boʼlsin» deya qoldim!
Qushlar kuz faslida
She’rni ochish / Yopish
Qushlar uchib ketdilar,
Uzoq mamlakatlarga.
Yana ortga qaytishar,
Baxor kelsa bizlarga.
Ayniy koʼklam paytida,
Ular qaytgan boʼladi.
Sayroqi tovushlarga,
Butun olam toʼladi.
Xozircha, mayli, zerikarli,
Kech qolmanglar safardan.
Manzilni «yozib» oling,
Shoshib qolmang qaytganda!
Olmaxon va zag’izg’on
She’rni ochish / Yopish
Tinmay yongʼoq yigʼibdi,
Yozu-kuzda olmaxon.
Faqat oʼynab kulibdi,
Yallo qilib, zagʼizgʼon.
Olmaxonni Zagizgʼon,
Rosa mazax qilibdi.
Jigʼiga tegib xar on,
Juda xafa qilibdi.
Soʼngra yoz va kuz oʼtib, Qaxraton qish kelibdi.
Zagʼizgʼonni qorni xoʼp,
Karnay-surnay chalibdi.
Boray desa doʼsti yoʼq,
Rosa boshi qotibdi.
Xattoki u bechora,
Kasal boʼlib qolibdi.
Shiftga qadab, nursiz koʼzin,
Yotar edi zagʼizgʼon.
Zagʼizgʼonning betobligin,
Eshitibdi olmaxon.
Olmaxon zagʼizgʼondan,
Xabar olib turibdi.
Bir oz oʼtgach, zagʼizgʼon,
Sogʼayib xam ketibdi.
Zagʼizgʼon doʼst qadriga,
Shundagina yetibdi.
Zagʼizgʼon olmaxondan,
Kechirishin soʼrabdi.
Olmaxon zagʼizgʼonga:
«Xoʼp, men kechirdim» debdi.
Shundan keyin ikkovlon,
Bir umr doʼst boʼlibdi.
Qissadan xissa qilsam,
Mexnatning tagi roxat.
Doʼstlarim, ertagim xam,
Tugabdi-ku, nixoyat!
Turnalar
Sodiqjon Inoyatov she’ri
She’rni ochish / Yopish
Kuz keldi, o’xshagancha
Mayin, dilxush navoga.
Turnalarning «qur-quri»
Taralmoqda havoga.
Ana, ular to’planib
Ketmoq uchun janubga,
Marvarid munchoqlarday
Tizildilar bir ipga.
Qushlar issiq o’lkani
Ko’zlab yo’lga shaylanar.
Ammo dilgir, betoqat,
Davra yasab aylanar.
Men qushlarga tikilib
Ilg’ab oldim bir ma’ni:
Yurt mehri turnalarni
Qo’yvormasdi ketgani.
Laylak kelsa
Safo Ochil she’ri
She’rni ochish / Yopish
Laylak kelsa
Yoz bo‘ladi.
Cho‘milishga
Soz bo‘ladi.
Laylaklarga
Ming-ming rahmat.
Ularga tosh
Otma, Ahmad.
Sen tosh otsang,
Men tosh otsam,
Kelmas laylak.
U kelmasa,
Kelmaydi yoz.
Yoz kelmasa,
Sira bo‘lmas
Umrimiz soz!
«Gulgina» kitobidan olindi
Meni kechir xo‘rozim
Zulfiya Mo‘minova she’ri
She’rni ochish / Yopish
Xo‘rozimni cho‘miltirdim,
Sovunlab qo‘lim toldi.
Xo‘rozimga yoqmadi bu,
Dakanglab qochib qoldi.
Tobi qochdi xo‘rozimni,
Shjamollab qoldimikan?.
Majburlab cho‘miltirganimni
Ko‘ngliga oldimikin?.
Darhol do‘xtirga ko‘rsatdik,
Do‘xtir dori ichirdi.
Tongda shodon qichqirdi u,
Demak meni kechirdi.
Xo‘rozning salomi
Zulfiya Mo‘minova she’ri
She’rni ochish / Yopish
O‘g‘ri-o‘g‘ri deyavermanglar,
Ros tdan o‘g‘ri bo‘ladi.
Bu ketishda o‘g‘ri tulki
Qachon to‘g‘ri bo‘ladi?.
Gar ko‘rsanglarTulkijonga
Bir iliq kalom denglar.
Yurgan bo‘lsa u obketgan
Tovuqlarga salom denglar.
Olaqanotning polaponlariga nasixati
Tursunboy Adashboev she’ri
She’rni ochish / Yopish
Nasibang bog‘u rog‘da,
Azizim, polaponim.
Lochinlar ham lol qolsin,
Joningga payvand jonim.
Burgutlarday yovqur bo‘l!
Barcha gap ahillikda.
Paytin topib, bexosdan
O‘ljangga tashlan tikka!
Qorayaloq, Qarqunoq,
Qarg‘a bilan Hakkalar —
Ular o‘g‘ri, inidan
Quvib chiqing yakkalab.
O‘jarlik, muttahamlik
Faqat bizga yarashar,
Buni ayni zamonda
Botirlik deb sanashar.
Mevazor bog‘ni ko‘rib,
Ko‘zinglar to‘rt bo‘ladi.
Olmurutni cho‘qimang,
Bandlari mo‘rt bo‘ladi.
Tatib ko‘ring mayliga
Mevaning har xiliga,
Tanlab englar, iltimos,
Eng shirin, sarhilini.
CHilgi bilan uzumni
SHingilida qoldirmang,
Gilos, xurmo, noklarni
CHumchuqlarga oldirmang.
Olg‘irlarning hamisha
Olchi turar oshig‘i,
Bo‘lmang aslo qushlarning,
Siz yalama qoshig‘i.
Olaqanot deydilar,
Ota-bobong otini.
O‘tirmagin, bolajonim,
Musichaday tortinib…
Qushlar va parrandalar haqida sher eng sara sherlar to‘plami
Qushlar va parrandalar haqidagi she’rlarni qabul qiling.
Bog‘ning qiy-chuviga quloq tutaman,
Bu yerda turfa xil qushlar aylanar.
Sa’va-yu qaldirg‘och — o‘zi bir jahon,
Va lekin ko‘payib ketmish maynalar.
Bunday olg‘ir qushni ko‘rmaganman hech,
Bir cho‘qib o‘n qarar — tegar joningga.
Unga farqi yo‘qdir: kunduzmi yo kech,
Dangal sherik bo‘lar dasturxoningga.
Yurishini ko‘rsang, olifta, satang,
Balki sepib olgan farang atrini.
Musicha o‘zini eplaydi arang,
U-chi, yerga urmas sira qadrini.
Ayni pishgan chog‘i bog‘ingda kishmish,
Egalik qiladi ekkanday o‘zi.
Yaxshiyam yo‘q unda o‘ttiz ikki tish,
Yaxshiyam hamyonni poylamas ko‘zi.
Ulgursa yer yuzin aylardi taqir,
So‘ngra bir-birin yeb, topardi barham.
Dunyoda insofli qushlar ko‘p axir,
Ular soyasida yashar mayna ham.
Quloqqa chalinar gohi-gohida
Shunday bir rivoyat, shunday bir o‘git:
Nochoru noiloj qolgan chog‘ida
O’zini toshlarga urarmish burgut.
Men senga iltijo qilurman, egam,
Agar-chi tilimda shukronang bisyor.
Mehringdan mosuvo etma meni ham,
Do‘stlarga zor etma, dushmanlarga xor.
Oqil bo‘lsa hamki, bo‘lsa-da nodon,
Roziman, beribsan farzand yaratib.
Qartaygan chog‘imda, tilanchisimon
Sen ular qo‘liga qo‘yma qaratib.
Kulbai vayronam yetar menga, bas,
Yashayman sabrning koshonasida.
Iloyo, bosh egib yurmayin besas
Takabbur zotlarning ostonasida.
Qarayman sarg‘aygan tund quyoshimga,
Sekin og‘ib borar umrning tuni.
Magar rahm etmasang, tushsin boshimga,
Mayli, o‘sha nochor burgutning kuni.
Pechkaning karnayiga,
Chumchuq uya quribdi.
Moʼralasam foydalanilmoqda, Bolalari turibdi.
Yoqsak agar pechkani, yashash
umri tugar.
Shunday qoldirmay buni,
Oʼylay boshladim tadbir.
Soʼng ularni avaylab,
Karnay ichidan oldim.
Xavfsizroq davolash qoʼyib,
Tagiga xashak soldim.
Ularga ovqat berib,
Qaray olaman oʼzim.
Birdan shularni oʼylab,
Yorishib ketdi yuzim! …
Laylakvoy kelib koʼklam,
Uchib keldi janubdan.
“Oʼlkamga xush kelibsan,
Seni kutardik koʼpdan.
Oʼzingga oshyon qurib,
Parvarishla bolangni.
Atrofga sezgir boʼlib,
Balandroq qur uyangni.
Doim extiyot boʼlsang,
«Rogatka» li boladan.
Qoʼliga tushib qolsang,
Foyda yoʼq ox-noladan.
Qanot
yoz emin -erkin, Bulutdan xam baland uch.
Unutma bizni lekin,
chunki doʼstlik, asl kuch! »
Kech kuz edi, shudgorda,
Bir qargʼa yurar edi.
Iz qoldirib xar joyda,
Nenidir izlar edi.
Bir oz vaqt oʼtgach qargʼa,
Tumshugʼini koʼtardi.
Qargʼaning tumshugʼida,
Bitta yongʼoq turardi.
Yongʼoqni ilinjida,
Qargʼa tomon «ot soldim».
Borsam qargʼa osmonda,
«Osh boʼlsin» deya qoldim!
Qushlar uchib ketdilar,
Uzoq mamlakatlarga.
Yana ortga qaytishar,
Baxor kelsa bizlarga.
Ayniy koʼklam paytida,
Ular qaytgan boʼladi.
Sayroqi tovushlarga,
Butun olam toʼladi.
Xozircha, mayli, zerikarli,
Kech qolmanglar safardan.
Manzilni «yozib» oling,
Shoshib qolmang qaytganda!
Tinmay yongʼoq yigʼibdi,
Yozu-kuzda olmaxon.
Faqat oʼynab kulibdi,
Yallo qilib, zagʼizgʼon.
Olmaxonni Zagizgʼon,
Rosa mazax qilibdi.
Jigʼiga tegib xar on,
Juda xafa qilibdi.
Soʼngra yoz va kuz oʼtib, Qaxraton qish kelibdi.
Zagʼizgʼonni qorni xoʼp,
Karnay-surnay chalibdi.
Boray desa doʼsti yoʼq,
Rosa boshi qotibdi.
Xattoki u bechora,
Kasal boʼlib qolibdi.
Shiftga qadab, nursiz koʼzin,
Yotar edi zagʼizgʼon.
Zagʼizgʼonning betobligin,
Eshitibdi olmaxon.
Olmaxon zagʼizgʼondan,
Xabar olib turibdi.
Bir oz oʼtgach, zagʼizgʼon,
Sogʼayib xam ketibdi.
Zagʼizgʼon doʼst qadriga,
Shundagina yetibdi.
Zagʼizgʼon olmaxondan,
Kechirishin soʼrabdi.
Olmaxon zagʼizgʼonga:
«Xoʼp, men kechirdim» debdi.
Shundan keyin ikkovlon,
Bir umr doʼst boʼlibdi.
Qissadan xissa qilsam,
Mexnatning tagi roxat.
Doʼstlarim, ertagim xam,
Tugabdi-ku, nixoyat!
Kuz keldi, o’xshagancha
Mayin, dilxush navoga.
Turnalarning «qur-quri»
Taralmoqda havoga.
Ana, ular to’planib
Ketmoq uchun janubga,
Marvarid munchoqlarday
Tizildilar bir ipga.
Qushlar issiq o’lkani
Ko’zlab yo’lga shaylanar.
Ammo dilgir, betoqat,
Davra yasab aylanar.
Men qushlarga tikilib
Ilg’ab oldim bir ma’ni:
Yurt mehri turnalarni
Qo’yvormasdi ketgani.
Laylak kelsa
Yoz bo‘ladi.
Cho‘milishga
Soz bo‘ladi.
Laylaklarga
Ming-ming rahmat.
Ularga tosh
Otma, Ahmad.
Sen tosh otsang,
Men tosh otsam,
Kelmas laylak.
U kelmasa,
Kelmaydi yoz.
Yoz kelmasa,
Sira bo‘lmas
Umrimiz soz!
«Gulgina» kitobidan olindi
Xo‘rozimni cho‘miltirdim,
Sovunlab qo‘lim toldi.
Xo‘rozimga yoqmadi bu,
Dakanglab qochib qoldi.
Tobi qochdi xo‘rozimni,
Shjamollab qoldimikan?.
Majburlab cho‘miltirganimni
Ko‘ngliga oldimikin?.
Darhol do‘xtirga ko‘rsatdik,
Do‘xtir dori ichirdi.
Tongda shodon qichqirdi u,
Demak meni kechirdi.
O‘g‘ri-o‘g‘ri deyavermanglar,
Ros tdan o‘g‘ri bo‘ladi.
Bu ketishda o‘g‘ri tulki
Qachon to‘g‘ri bo‘ladi?.
Gar ko‘rsanglarTulkijonga
Bir iliq kalom denglar.
Yurgan bo‘lsa u obketgan
Tovuqlarga salom denglar.
Nasibang bog‘u rog‘da,
Azizim, polaponim.
Lochinlar ham lol qolsin,
Joningga payvand jonim.
Burgutlarday yovqur bo‘l!
Barcha gap ahillikda.
Paytin topib, bexosdan
O‘ljangga tashlan tikka!
Qorayaloq, Qarqunoq,
Qarg‘a bilan Hakkalar —
Ular o‘g‘ri, inidan
Quvib chiqing yakkalab.
O‘jarlik, muttahamlik
Faqat bizga yarashar,
Buni ayni zamonda
Botirlik deb sanashar.
Mevazor bog‘ni ko‘rib,
Ko‘zinglar to‘rt bo‘ladi.
Olmurutni cho‘qimang,
Bandlari mo‘rt bo‘ladi.
Tatib ko‘ring mayliga
Mevaning har xiliga,
Tanlab englar, iltimos,
Eng shirin, sarhilini.
CHilgi bilan uzumni
SHingilida qoldirmang,
Gilos, xurmo, noklarni
CHumchuqlarga oldirmang.
Olg‘irlarning hamisha
Olchi turar oshig‘i,
Bo‘lmang aslo qushlarning,
Siz yalama qoshig‘i.
Olaqanot deydilar,
Ota-bobong otini.
O‘tirmagin, bolajonim,
Musichaday tortinib…
Sherlar
Sevishganlar uchun, sevgi haqida eng sara sherlar to’plami qabul qiling. Sensiz yashab armonlar yutdim, meni hafa qilib ko’ngling to’ldimi? bir on bo’lsa ham umid uzmadim, Sevgidan g’ururing ustun.
To`y tabriklari uchun eng sara sherlar
To’ylar bo’lsin muborak Tabriklayin sizlarni Davramizning to’riga Taklif qilay qizlarni Qani kuyov jo’ralar Ayting qadax so’zlarni Davramizga chorlayman Eng qadrdon do’stlarni (Umringiz bahordek bo’lsinu xech yomg’iri bo’lmasin Yozdek issiq bo’lsinu Saratoni bo’lmasin Kuzdek to’kin.
To’yda aytiladigan tilaklar va tabriklar to’plami
To’yda aytiladigan tilaklar va tabriklar to’plami marhamat qabul qiling. Baxt qasrini qurmoq bo’lsangiz omad yo’lga yo’llasin O’tib ketgan bobolarning pok ruxlari qo’llasin Sizni ko’rib do’stlariyz doim xavas bilan.
Opa va singil haqida sara sherlar to‘plami
Opa va singil haqida eng sara, manoli va tasirli sherlar to‘plami. Ma’lumotlar uzbaza.uz saytidan foydalanilgan. Dunyoda eng go‘zal ayol kim, U singil, u opa, u ona.
Ota haqida eng sara sherlar to‘plami
Ota haqida eng sara, tasirli va manoli sherlar to‘plami. Kimning ota-onasi tirik ekan, u inson dunyoda eng baxtli insonlardan erur. Ayniqsa, bu tabarruk zotlar.
Qizlar ismiga bag’ishlangan she’rlar to’plami
Barcha o’zbek lobar va go’zal qizlariga bag’ishlangan she’rlar guldastasi. Qiz bolalar ismlariga she’rlar Aziza ismiga she’r A-trofim zulmatdir yorug`lik bergin, Z-iyodir ko`z nuring mening ko`nglimga. I-stagim bir bora ko`rmoqlik.
Til haqida eng sara she’rlar
21-oktabr til bayramiga bag’ishlangan eng sara she’rlar to’plami. Til haqidagi eng sara she’rlar va to’rtliklar to’plami. Ona tilimizni ardoqlovchi she’r va misralar majmuasi Ona tilim.
Ustoz va muallimlarimiz haqida eng sara she’rlar
1-oktabr o’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarga bag’ishlangan eng sara she’rlar to’plami siz uchun maxsus. Ustoz – otangday ulug‘ Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami.
Ayollar haqida eng sara she’rlar to’plami
Ayolga baxt bering «Ayolga baxt bering»… Zulfiya Mo‘minova Ayolga baxt bering, saodat bering, Demang, yuribdi-ku kulib jilmayib. Ayol kulib turib o‘lishi mumkin, Dunyoni olishi mumkin jilmayib. Ayolga baxt bering, saodat.
Onamiz tug‘ilgan kunlari uchun tabriklar
Aziz onajon! Men uchun dunyodagi eng aziz inson bo‘lib xisoblanmish onajonim, Sizga uzoq umr, sixat-salomatlik tilab qolaman! Xech qachon ruxiy tushkunlikka tushmasligingizni va umrbod.
Qiziqarli malumotlar
Qushlar va parrandalar haqida sher eng sara sherlar to‘plami