QURUT

QURUT

QURUT — suzmani yongʻoqdekyongʻoqdek yumaloqlab, 2—3 kun oftobga qoʻyib, quritib tayyorlanadigan mahsulot. Maʼlum miqdordagi suzma (1 kg)ga tuz (1 osh qoshiq) qoʻshib yaxshilab aralashtiriladi. Ayrim joylarda Qurutga quritilgan xushboʻy koʻkatlar, rayhon, jambil barglari, tuyilgan qizil qalampir qoʻshiladi. Quritilayotganda Qurutning ustiga chang tushmasligi uchun doka yopib qoʻyiladi. Tayyor Qurutlar surp xaltachalarda saqlanadi.

Ensiklopediya.uz
QURUT