QURTLAR

QURTLAR

QURTLAR — toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar (kapalaklar, qoʻngʻizlar, ikki qanotlilar, pardaqanotlilar va b.)ning tuxumdan chiqqan lichinkalari. Qurtlar tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan, choʻziq, chuvalchangsimon (nomi shundan). Qurtlarning tuzilishi va hayot kechirishi voyaga yetgan hasharotlardan keskin farqqiladi. Mas, kapalaklar Q. i bir xildagi koʻp sonli boʻgʻimlardan ibo-rat; 3 juft koʻkrak oyoqlari bilan birga boʻgʻimlarga boʻlinmagan 5 juft kalta soxta qorinoyoqlari bor. Qorin-oyoqlar yurish, koʻkrak oyoqlar hara-katlanish vazifasini bajaradi. Qurtlar ichagining kuchli rivojlanganligi, qorin nerv zanjirida koʻp sonli nerv gangliylarining boʻlishi bilan voyaga yetgan hasharotlardan farq qiladi. Qurtlarning ogʻiz organlari kemiruvchi tipda. Qurtlar voyaga yetgan hasharotlarga nisbatan birmuncha sodda tuzilgan: murakkab koʻzlari, qanotlari boʻlmaydi.

Ensiklopediya.uz
QURTLAR