QURSHOV

QURSHOV

QURSHOV (harbiy ishda) — tormor qilish yoki asir olish uchun dushmanning muayyan qoʻshinlar guruhini boshqa qoʻshinlardan ajratib qoʻyish, oʻrab olish. Kontrataka va qarshi zarba berish natijasida chekinayotgan dushman kuchlarini taʼqib qilib borish jarayonida hamda baʼzan qulay sharoitda kuchlar teng kelsa ham Qurshov amalga oshirilishi mumkin. Bunday paytda dushman havodan toʻsib qoʻyiladi, dengiz boʻyi yoʻnalishdagi dushman esa dengiz orqali toʻsiladi. 2-jahon uru-shida sobiq Sovet qoʻshinlari dush-manning eng yirik qoʻshinlar guruhlarini Stalingrad jangi, Berlin ope-ratsiyasi (1945) va b. da muvaffaqiyatli Qurshovga olganlar va tor-mor keltirganlar.

Ensiklopediya.uz
QURSHOV