Qur’oni Karimning matematik mo‘jizalari
39) Bu surada adada so‘zi ikki oyatda keladi — 24 va 28-oyatlar. Bu ikki oyatdagi so‘zlarning umumiy soni 95 (19*5).
Shukronalik Mo’jizalari Audio Kitob 1-Qism
Assalamu Alaikum! Kanalimizga xush kelibsiz Hurmatli Muhlis!
Kanalimizda siz — Psixologiya ilmi, Baxtni xis qilib yashash , Biznes sirlari, Muvaffaqiyat sirlari, Ijobiy fikrlash, Qiziqarli hikoyalar, Dolzarb mavzular, Foydali maslahatlar, Qiziqarli videolar. Hammasini bizda topasiz.
Kanalimizga obuna bo’lishni hamda kuzatib borishni unutmang!
Psixologiya, Rendi Geyj, jon keho, Ijobiy fikrlash, motivatsion rolik, Muvaffaqiyat sirlari, Audio treyning, Foydali maslahatlar, Qiziqarli videolar, Dolzarb mavzular, Biznes sirlari, Muvaffaqiyat sirlari, Ijobiy fikrlash, Qiziqarli hikoyalar, Ruxlantiruchi, Orzular ushaladi, Bodo shefer, seminar, audio, Biznes academy, treyningdan lavhalar, Bodo shefer maktabi, hayot maktabi, bo’lajak boylar uchun, ilm olish, bilim olish, pul topish sirlari, pul borasida fikrlash, Pulning sirlari, Ijobiy fikrlash Motivatsion rolik, Muvaffaqiyat sirlari, Omadlilar, Liderlar, Goliblar strategiyasi,Bodo shefer maktabi, Moliyaviy erkinlik sari, treyning audio, Biznes academy, audio kitoblar, Shuur xar narsaga qodir, jon keho, Ijobiy fikrlash, vizualizatsiya, sir filmi, Muvaffaqiyat sirlari,boy bola aqillik bola, Robert Kiyosaki, Shukronalik mo’jizalari, Shukronalik yozish, Azizaxonim Tashxadjaeva, Audio kitoblar
Most recent Yangicha Fikrlash channel videos
- Uchdan Keyin Kech 21- Ohirgi Qism (Masaru Ibuka)
- Uchdan Keyin Kech 20-Qism (Masaru Ibuka)
- Uchdan Keyin Kech 19-Qism (Masaru Ibuka)
Subscribe to our Telegram channel! @thewikihow_en subscribe Stay tuned on round-the-clock video trends selection!
Explore more videos from Yangicha Fikrlash
Video | Views | Date | |
---|---|---|---|
88 | 19.02.2023 | ||
Uchdan Keyin Kech 17-Qism (Masaru Ibuka) | |||
34 | 18.02.2023 | ||
Uchdan Keyin Kech 16- Qism (Masaru Ibuka) | |||
35 | 17.02.2023 | ||
Uchdan Keyin Kech 15- Qism (Masaru Ibuka) |
Qur’oni Karimning matematik mo‘jizalari
Qur’oni Karim mo‘jizaviy matematik alomatlarga ham to‘la. Zafar Hoshimov Facebook’dagi sahifasida ulardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tаdi.
Foto: Facebook / Zafar Hoshimov
“Tabiiyki, bu faktlar mening tadqiqotim mahsuli emas. Yaqinda eski talabalik davrimdagi daftarlarimni ko‘zdan kechirib, tartiblayotganimda, ushbu yozuvlar tushirilgan konspektim qo‘limga tushib qoldi. Toshkent Davlat Universiteti matematika fakulteti uchinchi kursida, talabalik chog‘imda shu tadqiqotlarni har xil kitob va manbalardan yiqqan ekanman.
Ularning biri Mathematical Miracles of Qur’an, degan kitob ekan. Bu kitobning nomini shu konspekt hoshiyasiga yozib qo‘ygan ekanman. Afsuski, o‘shanda muallifning ism-sharifi va boshqa manbalarni yozishni unutibman”, — deya izoh beradi Z. Hoshimov.
1) Kun (yaum) so‘zi Qur’onda 365 marta keladi.Yilda 365 Kun bor.
2) Kunlar (ko‘plikda) so‘zi 30 marta kelgan.Oyda 30 kun (hijriy 29-30, melodiy 30-31, o‘rtancha- 30 kun).
3) Kun so‘zining barcha shakllarida 475 marta keladi.475=19*25.Bunda bir yil ichida quyosh o‘z o‘qi atrofida 25 marta aylanar ekan. Quyosh va oy esa yerga nisbatan bir xil holatga har 19 yilda kelar ekan.
4) Huddi shuningdek yil so‘zi ham Qur’oni Karimda 19 marta ishlatiladi. Bir yil ichida Yer o‘z o‘qi atrofida 365 marta aylansa, oy 12 marta aylanadi. Faqat bu yerda noto‘liqlik bor, ya’ni matematik so‘zda “qoldiqlik” bo‘linadi. Har 19 qamariy yilda ushbu tafovut yo‘q bo‘lar ekan.
5) “Yil” (sinet, sinin) so‘zi Qur’onda ikki shaklda kelgan ekan. Sinet so‘zi 7 marta, sinin so‘zi 12 marta. Jami, yuqorida aytilganidek, 19 marta.
O‘sha 19 qamariy yilning 7 tasi 355 kun, 12si esa 354 kunni o‘z ichiga olar ekan.
6) Oy (shahr) so‘zi Qur’oni Karimda 12 marta kelgan.
7) Oy (Qamar) surasining birinchi oyatidan Qur’on yakunigacha 1389 oyat bor. Taajubki, inson Oyga ilk qadamini hijriy 1389 yili bosgan.
8) Quyosh so‘zi 33 marta, soya so‘zi 33 marta, sharq va g‘arb so‘zlari 16+17=33 marta, nur so‘zi 33 marta kelgan.
9) Yer so‘zi 12 marta, Dengiz so‘zi 32 marta kelgan. Ularning nisbati 0,375. Ma’lumki, sayyoramizda Yer va suv sathining nisbati ham 0,375 ga teng.
Arab harflarining har biri biror songa bog‘lik ekanligini eshitganmidingiz?
Masalan,Ha=8, Dal=4, Ya=10 va Dal=4.Hadid- Po‘lat (Temir). Harflar yig‘indisi 26.Temirning atom raqami 26. Mendeleyev tug‘ilishiga hali 1300 yil qolgan edi.57-sura Al Hadid. Alif =1 Lam=30. 1+30+26=57-suraning navbat raqami.Temirning to‘rtdan bir izotopi 57. Qur’on oxirigacha bu surani inobatga olsak 58 ta sura qoladi. Temirning ikkinchi izotopi 58.
10) Nahl (asalari surasi).Bu sura Qur’onning 16-surasi.Shu bilan bir qatorda, erkak asalarida 16ta xromosoma mavjud ekan. Urg‘ochisida esa 2*16=32 ta xromosoma bor. Bu surada 128 ta oyat bor. 128=8*16=4*32. Bu surada nahl (asalari) so‘zi 68- oyatida (a) keladi. Bu oyat 13 ta (b) so‘zdan iborat. Ushbu asalari so‘ziga qadar qiladigan suraning barcha so‘zlarini sanasak umumiy soni 884 bo‘ladi. 884= a*b=68*13. Balki bu shunchaki tasodifdir, Vallohu a’lam.
11) Bismillahir Rohmanir Rohim jumlasida 19 harf bor. (Shu o‘rinda 19 soni hozirgacha va bundan keyin ko‘p uchrashini ta’kidlab qo‘ymoqchiman). Fotiha surasida bundan keyin yana 6 ta oyat keladi. 19*6=114. Qur’oni Karimda 114 ta sura bor. Fotiha surasi Qur’onning onasi, deb bejiz aytilmagan.
12) Qur’onda ota va ona so‘zlari har ikkalasi teng 117 marta kelgan.
13) Qur’onda aka-ukalar (axva) va qarindoshlar (aqrabo) so‘zlarining har ikkalasi teng 96 marta kelgan.
14) Ogohlantirish so‘zi va xavf so‘zlari ikkisi teng 124 marta kelgan.
15) Dunyo va Oxirat so‘zlari teng 115 marta kelgan.
16) Maloika va shayton so‘zlari teng 88 marta kelgan.
17) Naf va fasod so‘zlari 50/50 kelgan.
18) Uzoq va yaqin so‘zlari 10/10 kelgan.
19) Bilmoq va tushunmoq so‘zlari teng 29 marta kelgan.
20) Ayt (qul) va aytdilar (qalu) so‘zlari teng 332 marta kelishgan.
21) Nabi va naba so‘zlari 80 martadan uchraydi.
22) Oxiratni belgilovchi Soat va g‘oyib so‘zlari har ikkalasi teng 48 marta kelgan.
23) Bunisi juda yoqadi:O‘qimoq (iqro) va najot izlamoq so‘zlari teng 17 martadan kelgan.
24) Kam (qalil) va shukur so‘zlari teng 75 marta uchraydi.
25) Mezon va isrof so‘zlari 23 marta kelgan.
26) Rahmat va hidoyat so‘zlari har ikkalasi teng 79 marta kelgan.
27) Bu juda go‘zali:Alloh Qur’on oyatlarida inson yaratilishi bosqichlarini bir necha bor atab o‘tadi:Tuproq (turab) 17 marta, tomchi (nutfa) 12 marta, muayyan osilib turish (alaq) 6 marta, chaynalgan et (mudg‘a) 3 marta, suyak (ezam) 15 marta va go‘sht/et (lahm) 12 marta.Yig‘indisi- 17+12+6+3+15+12=65.Inson (nas) so‘zi teng 65 marta kelgan.Endi yana 19 soniga e’tibor qaratsak.Bu raqam Qur’onda alohida markaziy o‘rin egallaydi.Avvalambor, 19 bu tub son. Shuning uchun keltirilayotgan misollarda gap aniq 19 haqida ketayotgani gumonsiz.
28) Bu raqam 74-Mudassir surasining 30-oyatida o‘zi keladi:“Uning ustida 19”.
29) Yodingizda bo‘lsa, arab alifbosi harflari raqamlarni belgilash uchun ishlatiladi degandim.Vahid (bir, birlik, yagona) so‘zi Allohning birligini anglatadi.Uning harflari vov (6 raqami), alif (1), ha (8), dal (4).6+1+8+4=19.
30) Vahid so‘zi Allohga taaluqli holda Qur’onda 19 marta kelgan.Allohga taaluqli bo‘lmagan holda Vahid so‘zi 7 marta yana keladi, faqat unda bu so‘z bilan oddiy jihozlar sifatlanadi. Masalan, eshik, oziq-ovqatlar va h.k.
31) Buni qarang, 31-bandda Mudassir surasining 31-oyati haqida gapirar ekanmiz. Bu aniq tasodif, men bunday mo‘ljallamagan edim.Xullas, o‘sha oyat 19 raqami kelgan 30-oyatning davomida keladi va bu suraning eng uzun oyati bo‘lib, unda 57 so‘z bor. 19 raqami kelgan 30-oyat: “Uning ustida 19” uch so‘zdan iborat. 19*3=57 va 31-oyat 19 raqamining mohiyatini tushuntiradi. “. Biz faqat kofirlarni sinash uchun ularning sanog‘ini (o‘n to‘qqiz) qildik”.
32) Ushbu 74-suraning birinchi 19-oyatida ham so‘zlar soni 57ga teng.
33) Bu suraning 19 raqami kelgan 30-oyati va ungacha kelgan so‘zlarining soni 95 (19*5).
34) 30-suradagi 19 soniga qadar barcha harflar soni 361 ta (19*19).
35) Bu suraning 56 raqamlangan oyati bor, unga raqamlanmagan Bismillohni qo‘shsak, yana 57 (19*3) hosil bo‘ladi.72- Jinn surasi. 28-oyatda “. va barcha narsalarning sanog‘ini (Alloh) biladi. U sanalgan”, deyilgan.Bu oyatning oxirgi “sanalgan” so‘zi (adada) ushbu suraning oxirgi so‘zidir.
36) Adda (raqam, sanoq) so‘zi barcha ko‘rinishlarda Qur’onda 57 (19*3) marta keladi.
37) Keltirilgan oyat 72-suraning 28-oyati. Bu raqamlarni qo‘shsak 7+2+2+8=19.
38) Adada so‘zining o‘zi suraning 285-so‘zi (5*19).
39) Bu surada adada so‘zi ikki oyatda keladi — 24 va 28-oyatlar. Bu ikki oyatdagi so‘zlarning umumiy soni 95 (19*5).
40) Mazkur suraning barcha oyatlari oxirgi so‘zlarining harflari soni 114 (19*6).
41) Ushbu 28-oyatda 28 ta so‘z bor. Ularning ba’zilari shu oyatda bir necha marta qaytarilgan. Ushbu qaytarilgan so‘zlarni sanamay (noyob) so‘zlarni sanasak, sanog‘ini yana 19 ta so‘z bo‘ladi. Bundan tashqari arab alifbosi 28 ta harfli bo‘lsa, bu oyatdagi biz aytgan 19 ta (noyob) so‘zlar 19 ta mutlaqo har xil arab harflari bilan tugaydi.
42) Adada so‘zi ’ayn+dal+dal+alif deb yoziladi. Bunda ’ayn Jin surasida’ayn harfi 37 marta kelgan.Dal harfi 54 martaAlif harfi 216 marta kelgan.Demak, 37+54+54+216=361=19*19.
43) Qur’onda sanoq/raqamlar jami 285 marta (19*5) kelgan.Jin surasi 285 so‘zlik yagona sura bo‘lib, uning yakuni “sanalgan” (adada) so‘zi bilan tugaydi.
“Darhaqiqat, taajubli va qiziqarli faktlar. Aminmanki, har ilmga doir bunday mo‘jizalar Qur’oni Karimda cheksiz mavjud. Yuqoridagi ma’lumotlar esa atigi daryodan bir tomchi”, deya fikrlariga xulosa yasaydi muallif.
Qiziqarli malumotlar
Qur’oni Karimning matematik mo‘jizalari