Qurol topib olsa, nima qilish kerak? to’liq malumot oling
Qurol topib olsa, nima qilish kerak?
— «Qurol to’g’risida»gi qonunning 21-moddasiga asosan jismoniy va yuridik shaxslarning o’zi topib olgan yoki o’ziga topshirilgan, lekin o‘ziga qonunan tegishli bo’lmagan qurolni hamda uning o’q-dorilarini saqlashi va ulardan foydalanishi taqiqlanadi.
— Bunday qurol hamda uning o’q-dorilari darhol, biroq bir kundan kechiktirmay Milliy gvardiya organlariga topshirilishi lozim.
— Qurolni va uning o’q-dorilarini o’z ixtiyori bilan topshirganlik uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdirlanishi mumkin.🎗
Yuridik
nima qilish kerak?, Qurol topib olsa