Quritilgan mevali pirog

Quritilgan mevali pirog

Quritilgan mevali pirog

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur mahsulotlar: 1 stakan kefir, 1 stakan manniy yormasi, 1 stakan shakar, 1 stakan un, 2 dona tuxum, 100 gr. margarin, 0,5 stakan quritilgan o‘rik(turshak), 0,5 stakan quritilgan uzum(mayiz) va vanilin kerak bo‘ladi.
manniy
Tayyorlanishi: alohida idishga kefirga manniy yormasi solib 30 daqiqaga olib qo‘yiladi. Yana bir idishga tuxumni chaqib shakar bilan atalanadi. Tovada margarinni eritib olib kefirli va tuxumli massa qo‘shilib aralashtiriladi. So‘ngra quritilgan mevalarni mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab massaga un bilan qo‘shiladi. Xamir bo‘tqa holatda bo‘lib pirog qolipiga solinadi. Gaz pechiga 180 daraja 40 daqiqaga qo‘yiladi. Pishgan pirogni ustiga shakar kukuni sepib bezatiladi.
Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/quritilgan-mevali-pirog/

Quritilgan mevali pirog