QURILISH MEXANIKASI

QURILISH MEXANIKASI

QURILISH MEXANIKASI — inshootlarning mustahkamligi, bikirligi, chidamliligi va tebranish-tebranmasligini oʻrganish, tekshirish va hisoblash bilan shugʻullanadigan fan. Asosiy obyektlari — tekis va fazoviy plastinka va qobiqlardan iborat sistemalar. Konstruksiyalarni hisoblashda turli taʼsirlar, asosan, statik va dinamik nagruzkalar va t-raning oʻzgarishi hisobga olinadi. Hisoblashdan maqsad sistema elementlarida vu-judga keladigan ichki zoʻriqishlarni, ayrim nuqtalarining siljishini, sistemaning turgʻunlik va tebranish sharoitini aniqlashdan iborat. Hisoblash natijalari asosida bino va in-shootlarning mustahkamligi uchun zarur ayrim elementlari kesimlarining oʻlchami aniklanadi. Qurilish mexanikasi dagi nazariy hisoblashlar nazariy mexanika, materiallar karshiligi, elastiklik nazariyasi, plastiklik nazariyasi va b. ga asoslanadi. Qurilish mexanikasi inshootlar nazariyasi, inshootlar statistikasi deb ham ataladi.

Ensiklopediya.uz
QURILISH MEXANIKASI