QURILISH MATERIALLARI SANOATI

QURILISH MATERIALLARI SANOATI

QURILISH MATERIALLARI SANOATIuy-joy qurilishi, sanoat, q. x. va b. dagi qurilish sohalari uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat. Bir qancha tarmoqlarni oʻz ichiga oladi. Sement, asbest-sement shiferi, asbest-sement quvurlari, devor materialari (gʻisht), ohak, gips, deraza oynalari, yumshoq yopma materiallar, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, bezak hamda pol uchun sopol (keramik) plitalar, isitgich radiatorlar va konvektorlar, chinni-fayans sanitariya-qurilish buyumlari, linoleum, yigʻma temir-beton konstruksiyalar va detallar, noruda qurilish materiallari (maydalangan, chaqilgan tosh, qum, shagʻal, qum-shagʻal aralashmasi) va b. Q. m. s. ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
QURILISH MATERIALLARI SANOATI