QURBONOV Abdulla Abdurahmonovich

QURBONOV Abdulla Abdurahmonovich

QURBONOV Abdulla Abdurahmonovich (1925.23.2 — Yangiyoʻl tumani — 2004.28.7) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1943-y. sentlan frontda. 282-gvar-diyachi oʻqchi polki (Dasht fronti 37-armiyaning 97-gvardiyachi oʻqchi diviziyasi) mergani. 1943-y. 30 sent. dan 17 okt. gacha Kirovograd viloyatining Onufriyevka tumanidagi Deriyevka qishlogʻi uchun boʻlgan jangda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944.22.2). 1944-y. da armiya safidan boʻshatilgan. Urushdan soʻng Niyozboshida yashagan va turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Vafotidan soʻng oʻzi ishlagan maktabga nomi berilgan.

Ensiklopediya.uz
QURBONOV Abdulla Abdurahmonovich