QUNDUZCHA JANGI

QUNDUZCHA JANGI

QUNDUZCHA JANGIAmir Temur qoʻshinlari bilan Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamish qoʻshini oʻrtasida hoz. samara bilan Chistopol shaharlari ora-ligʻida, Volga daryosining sharqiy sohilida joylashgan Qunduzcha (hoz. Kondurcha) mavzeida sodir boʻlgan jang (1391.18.6); oʻrta asrlardagi eng yirik janglardan biri. Sohibqironning Eron, Zakavkazyedagi mavqei ortib borayotganini gʻarazgoʻylik bilan kuzatayotgan Toʻxtamish Amir Temurga qarshi Misr bilan ittifoq tuzishni rejalashtirgan. U Sohibqironning Erondaligidan foydalanib, hatto Movarounnahrga ham bosqinlar uyushtiradi. Amir Temur Toʻxtamishxonning gʻanimlik harakatlariga chek qoʻyish maqsadida 1391-y. unga qarshi yurishga jazm etadi va umumiy safarbarlik eʼlon qiladi. 200 ming kishilik qoʻshin Oʻtror tomon yoʻl oladi. Qozo-gʻistondagi Ulugʻtogʻ qoyalarida Sohib-qironning bu yurish haqida yozib qoldirgan xotira yozuvi saqlangan. Unda jumladan shunday deyilgan: «Tarix yegti yuz toʻqson uchta, qoʻy yil yozning ora oy Turonning sultoni Temurbek 200 ming cherik bila islom uchun Toʻxtamishxonni(ng) xonigʻa yoʻridi. Bu yerga yetib, belgu boʻlsun teb bu yoʻbani koʻpardi. Tangri nisfat ber-gay, inshaolloh, Tangri el kishiga rahmat qilgʻay, bizni duo bila yod qil-gʻay».

Ensiklopediya.uz
QUNDUZCHA JANGI