QUMDARYO

QUMDARYO

QUMDARYO, Qalqamasoy — Qashqadaryo viloyatining shim. dagi daryo. Uz. 103 km, havzasining mayd. 866 km2. zarafshon tizmasi gʻarbiy tarmoqlarining jan. yon bagʻirlarida, 1880 m balandlikdan boshlanadi. Chambil qish-logʻidan quyida (boshlanishidan 26 km da) suvi sugʻorishga sarflanadi va Dautosh qishlogʻidan quyiroqda (boshlanishidan 35 km da) Suluk qishlogʻigacha (boshlanishidan 60 km da) qurib qoladi. Undan pastroqda, 43 km masofa davomida quruq oʻzan sifatida kuzatiladi. Asosiy irmoqlari: Gʻovkanasoy, Quruqsoy, Langar (barchasi oʻng qirgoqdan). Qor, qis-man yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Toʻlinsuv davri yanv. — mayda boʻlib oʻtadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi Chambil qishlogʻi yonida 2,05 m3/sek. Oʻrtacha yillik suv sarfi 6,08 m3/sek. dan (koʻp suvli yilda) 0,750 m3/sek. gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi. Eng koʻp suv sarfi 105 mʻ/sek. gacha mart — apr. da, eng kam suv sarfi 0,42 m3/sek. dan oʻzanni qurib qolishigacha iyul — dek. da kuzatiladi.

Ensiklopediya.uz
QUMDARYO