QUMBUL
QUMBUL, qunbul, qanbul (moʻgʻulcha — «markazni qurshamoq», «qanot muhofazachisi») — qoʻshin qanotlarini dushman hujumidan himoya qiluvchi suvoriy harbiy qism. Maʼlumki, Amir Temur jahon harbiy sanʼati tarixida 1-boʻlib armiyani jang maydonida 7 qoʻlga boʻlib joylashtirish tartibini joriy etgan. sohibqironning harbiy ish rivojiga qoʻshgan ulkan xizmatlaridan yana biri lashkar qanotlarini jang paytida dushman hujumidan muhofaza qilish va aksincha gʻanim kuchlarini 2 yon tomondan aylanib oʻtib, unga ortdan kuchli zarba berish maqsadida Qumbul tuzilgan. 5 qismdan iborat jangovar tartibning oʻng va soʻl qanotlari uchiga Qumbul joylashtirilgan. Bunday yangi harbiy qism tarixning guvohlik berishicha, oʻtmishdagi atokli sarkardalar qoʻshinida boʻlmagan.
Ensiklopediya.uz
QUMBUL