Quloqlarni qaysi yoshda teshtirgan ma’qul?
❓Quloqlarni qaysi yoshda teshtirgan ma’qul? Tibbiyotda quloqlarni teshtirishning aniq yoshi ko‘rsatilmaydi. 🟢3 yoshgacha quloqlarni teshishning ijobiy tomonlari: • bunday yoshda bola og‘riqni kuchli his qilmaydi; • qo‘rquv va unga bog‘liq stress ehtimoli kam bo‘ladi; • bitish jarayoni tez kechadi; • teshilgan joyda chandiqlar hosil bo‘lmaydi. 🔴3 yoshgacha quloqlarni teshishning salbiy tomonlari: • bola intensiv o‘sishda davom etadi va quloqning teshigi solinchiqning o‘rtasida bo‘lmay qolishi mumkin; • kichkintoyga quloqlariga teginish mumkin emasligini tushuntirish qiyin, natijada bitish jarayonida u joyga infeksiya tushish ehtimoli oshadi; • bola o‘ynayotganida zirakchasi biror narsaga ilinib qolishi mumkin yoki yechilib ketganda bola uni yutib yuborishi mumkin. ❌ Quloqlarni teshishni qachon orqaga surgan ma’qul? • nevrologik muammolar bo‘lganida; • qon kasalliklarida; • bolaning allergiyasi bo’lsa • yaqinda biror kasallikka qarshi emlangan bo‘lsa. Manba: Rambler WeekendQuloqlarni qaysi yoshda teshtirgan ma’qul?
DO`STLARGA ULASHING:
Quloqlarni qaysi yoshda teshtirgan ma’qul?