QUDRAT HIKMAT
QUDRAT HIKMAT (1925 – Toshkent — 1968.10.4) — bolalar shoiri. Toshkent Pedagogika in-ti kechki boʻlimini tugatgan (1957). Respublika gaz. larida adabiy xodim (1950—53), Badiiy adabiyot va sanʼat nashriyotida boʻlim mudiri (1960—68). Dastlabki sheʼriy toʻplami — «Mening Vatanim» (1950). «Baxtli bolalar» (1951), «Obodlik» (1953), «Doʻstlik» (1954). «Uch oʻrtoqning sovgasi» (1957), «Nevara mehri», «Chirchiq farzandi» (1961), «Alisher va kitob» (1962), «Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak» (1963), «Soatjonning soati» (1964), «Toshbaqalar hujumi» (1965), «Shamol botir» (1966), «Daydi bola», «Oʻgʻlim bilan suhbat» (1970), «Olmos mening yuragim» (1983), «Mening yuragim» (1986) va b. toʻplamlarga kirgan sheʼr, ertak va dostonlari Onavatan madhi, tabiat va fasllar tasviri, bolalar hayoti hamda taʼlim-tarbiya muammolariga bagʻishlangan.
Ensiklopediya.uz
Qudrat Hikmat