QUDDUS
QUDDUS, Ierusalim (arab. AlQuds, qad. yahudiy tilida Ierushalaim) — Falastindagi shahar, Oʻlik dengizning gʻarbidagi chala choʻlli yassitogʻlikda joylashgan. Aholisi 692,3 ming kishi (2003). Transport yoʻllari chorrahasi. Sanoat, savdo-transport va madaniyat markazi. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, metallsozlik, farmatsevtika, poligrafiya, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Olmosga ishlov beriladi. Hunarmandchilik rivojtangan. Quddus — musulmon, yahudiy va xristianlarda «muqaddas shahar» hisoblanadi.
Ensiklopediya.uz
QUDDUS