QRIM XONLIGI

QRIM XONLIGI

QRIM XONLIGIOltin Oʻrda davlatidan ajralib chiqqan va Qrim ya. o. da joylashgan turkiy davlat (1443— 1783). Qrim xonligiga Davlat Hoji Garay asos solgan. U oʻzaro urushlardan soʻng badavlat tabaqalar va Buyuk Litva knyazligi yordamida mustaqil tatar davlatini barpo etgan (1443). Poytaxti — Eski Qrim sh. 16-a. boshlaridan to 1736-y. gacha Bokchasaroy. Bu davlatga Quyi Dnepr boʻyi ham kirgan. Aholi quyidagi subetnoslarga boʻlingan: dasht (noʻgʻay tatarlari), togʻ oldi (tatlar), jan. qirgʻoq (yaliboylso). Qrimtatar tilida soʻzlashgan. Islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qilishgan. Qrim xonligi aholisining etnik madaniy qiyofasi shakllanishida xazar, qipchoq, noʻgʻay va b. turkiy xalklar bilan birgalikda tub joy aholi (tavrlar, kimmeriylar, alanlar va b.) muhim rol oʻynashgan.

Ensiklopediya.uz
QRIM XONLIGI