QOZON XONLIGI

QOZON XONLIGI

QOZON XONLIGIOltin Oʻrda inqirozidan soʻng Oʻrta Volga boʻyi — Volga-Kama Bulgʻoriyasi hududida tashkil topgan davlat (1438—1552). Qozon xonlari sulolasiga Ulugʻ Muhammad (1438— 45) asos solgan. Markazi — Qozon sh. Q. x. aholisi Qozon tatarlari (Volga bulgʻorlarining avlodlari), mari, chuvash, udmurd, mordva va boshqirdlardan iborat boʻlgan. Ular, asosan, dehqonchilik bilan shugʻullangan.

Ensiklopediya.uz
QOZON XONLIGI