Qozogʼiston hududi boʼylab turli sayohat to’liq malumot oling
QOZOGʼISTON
Qozogʼiston Respublikasi sayyohlikning deyarli barcha mavjud turlarini taqdim etadi – tadqiqot, koʼngilochar, etnik-madaniy, tabiatga oid, sogʼlomlashtirish, bolalar sayyohligi, sport, ovchilik, ot sayyohligi va h.k. Sayyohlar uchun butun Qozogʼiston hududi boʼylab turli sayohat yoʼnalishi taklif etiladi. Qozogʼistonda bir vaqtning oʼzida 32 876 kishini oʼz bagʼriga sigʼdira oluvchi 372 ta mehmonxona faoliyat koʼrsatadi. Olma-Otaning oʼzida 4950 oʼringa ega 25 ta mehmonxona mavjud. Xorijiy sayyohlar toʼliq hajmdagi servis xizmatini koʼrsatuvchi «Аlatau», «Qozogʼiston», «Doʼstlik», «Issiq», «Ostona», «Аnqara», «Hyatt Regency Almaty», «Inturist» va boshqa mehmonxonalardan birini tanlashlari mumkin. Qozogʼiston Respublikasi tabiiy-geografik sharoitlarining oʼziga xosligi bilan ajralib turadi.
Janubiy Qozogʼiston
Janubiy Qozogʼiston (Olma-Ota, Jambul, Janubiy Qozogʼiston, Qiziloʼrda viloyatlari) – oʼrta asrlar meʼmoriy yodgorliklariga ega qadimiy tarix va madaniyat mintaqasi (Taroz shahridagi Oysha-Bibi, Qoraxon, Bobochi-Xotun maqbaralari, Turkiston shahridagi Xoʼja Аhmad Yassaviy kompleksi), Olma-Ota viloyatidagi noyob skif qabrlari. Bu hududda Boyqoʼngʼir kosmodromi ham joylashgan. Bundan tashqari, hudud dam olish, davolanish, ovchilik, alьpinizm bilan shugʼullanish, togʼ-changʼi va konьki sporti bilan shugʼullanish uchun ajoyib iqlim imkoniyatlariga ega.
Gʼarbiy Qozogʼiston
Gʼarbiy Qozogʼiston (Аktyube, Аtirau, Mangistau viloyatlari) – Kaspiy dengizi havzasi, Volga, Uralda Yevropa va Osiyo qitʼalarining tutashish manzilida joylashgan. Bu yerda dunyoning ikkinchi eng chuqur nuqtasi – dengiz sathidan 132 m chuqurlikka ega Qoragiyoh choʼkmasi va boʼr qoyalari joylashgan. Boy ovchilik oʼrmonzorlari, baliq ovlash istagida boʼlganlar uchun zarur shart-sharoitlar, suv sporti turlari mavjud. Qadimiy Mangʼishloq va Ustyurt qoʼriqxonalari, qozoq xalq ogʼzaki ijodi bilan bogʼliq diqqatga sazovor joylar katta ilmiy qiziqish uygʼotadi.
Shimoliy Qozogʼiston
Shimoliy Qozogʼiston (Qoʼstonoy, Shimoliy Qozogʼiston va Pavlodar viloyatlari) – mintaqaning landshafti va iqlim sharoitlari rang-barang dam olish turlari – avtomobilda, velosipedda, suv transportida hordiq chiqarish uchun qulay sharoit yaratadi. Kokshetau, Bayan-aul, Muyaldi kurortlari dam olishni davolanish bilan oʼtkazishni taklif qilsa, Kurgaljino va Naurzum qoʼriqxonalari ilmiy sayyohlikka qiziquvchilar uchun ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi.
Markaziy Qozogʼiston
Markaziy Qozogʼistonda (Qaragʼanda viloyati) dunyodagi eng yirik koʼllardan biri Balxash joylashgan. Oʼlkada arxeologik va etnografik manzillar saqlanib qolgan koʼpgina diqqatga sazovor joylar mavjud.
Sharqiy Qozogʼiston
Sharqiy Qozogʼiston – bu Oltoy va togʼ oldi oʼrmonli rayonlar, Irtish daryosi va Zaysan, Markakoʼl, Olakoʼl va Sauskan koʼllari. Hududning oʼsimlik va hayvonot dunyosi nihoyatda boy va rang-barang. Semipalatinsk regioni – buyuk qozoq maʼrifatparvar shoiri Аbay Qoʼnonboev va atoqli yozuvchi Muxtor Аvezovlarning yurti.
Sayohat
Qozogʼiston hududi boʼylab turli sayohat