Qo‘ziqorinli sho‘rva to’liq malumot oling

Qo‘ziqorinli sho‘rva to’liq malumot oling

Kerakli mahsulotlar: 150 g quritilgan qo‘ziqorin, 3–4 dona kartoshka, 2 dona piyoz, 30 g yog‘, ko‘katlar, lavr yaprog‘i, 5–6 dona qalampir, tuz, 100 g qattiq pishloq.

qoziqorinli shorva 1

Tayyorlanishi:

Qo‘ziqorinlar 1–2 soat davomida suvda ivitilgandan so‘ng yirik qilib to‘g‘raladi. Idishga suv quyiladi va qo‘ziqorin, lavr yaprog‘i, qalampir va tuz solinib, qaynatiladi. Qo‘ziqorin tayyor bo‘lgach, kichkina kubikcha shaklida qirqilgan kartoshka solinadi. Yana 10–15 daqiqa qaynatiladi, keyin maydalab to‘g‘ralgan ko‘kat va piyoz qo‘shiladi. (Piyozni 1 osh qoshiq yog‘da yengil qovurib olish ham mumkin.) Tayyor bo‘lgan sho‘rvaga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq qo‘shiladi. Taom qaymoq yoki mayonez va ko‘kat bilan birga dasturxonga tortiladi.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/qoziqorinli-shorva/

Pazanda
Qo‘ziqorinli sho‘rva