Qo‘ziqorinli julyen-sufle

Qo‘ziqorinli julyen-sufle

Qo‘ziqorinli julyen-sufle

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur masalliqlar: 300 gr. qo‘ziqorin (shampinon, veshenka), 120 gr. qattiq pishloq, 2 dona bosh piyoz, 200 gr. salat yog‘i, ta’bga ko‘ra tuz va murch.
sufle
Sufle uchun masalliqlar: 100 gr. smetana (suyuq qaymoq), 2 dona tuxum.
Tayyorlanishi: qo‘ziqorin oddiy shaklda to‘g‘ralib piyoz bilan yog‘da qovuriladi. So‘ng pishloq mayda qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Qo‘ziqorin likopchalarga solinib, ustidan maydalangan pishloq sepiladi. Keyin yana uning ustidan sufle quyiladi. Sufleni tayyorlashda tuxumning sarig‘i tuz va smetana bilan yaxshilab aralashtiriladi. Tuxumning oqi ham alohida ko‘pirtiriladi. Undan so‘ng ikkala masalliq yana qo‘shilib birga pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!
D. AZIMOVA

soglom.uz/tavsiya/qoziqorinli-julen-sufle/

Qo‘ziqorinli julyen-sufle