QOZIKALON

QOZIKALON

QOZIKALONbosh qozi, eng yuqori darajadagi qozi (oliy mahkama raisi). Oʻrta Osiyo xonliklarida barcha qozilar, dindorlar va mullalarning boshligʻi, yaʼni raisi boʻlib, ular ustidan nazorat qilgan. Bosh qozi ham diniy, ham adliya ishlarini boshqargan. Barcha musulmon mamlakatlarida boʻlgani kabi Xiva xonligida ham huquq masalalari dinga qarashli, yaʼni dindorlar qoʻlida boʻlganligi sababli, Qozikalon barcha huquq masalalari va qoʻshin maʼmuriyatining ham raisi hisoblangan.

Ensiklopediya.uz
QOZIKALON