Qovurma lag’mon tayyorlash retsepti — kerakli masalliqlar to’liq malumot oling
Qovurma lag’mon tayyorlash uning boshqa turlariga qaraganda kengroq tarqalgan. Chunki ushbu taomni tayyorlash uchun kamroq kuch va masalliqlar talab qilinadi. O’zbekcha qovurma lag’mon pishirishning yana bir qulayligi shundaki, uning xamiri va qaylasini muzlatgichda bir-biridan alohida ravishda saqlash mumkin, yakuniy taom esa bevosita dasturxonga tortishdan oldin yaratiladi.
QOVURMA LAG’MON TAYYORLASH RETSEPTI
Tayyorlash vaqti : 1 soat | Porsiyalar soni : 4
Kerakli masalliqlar:
Go’sht (qo’y yoki mol go’shti) – 400 g;
Sabzi – 2 dona;
Piyoz – 2 dona;
Achchiq qalampir – 1 dona (ta’bga ko’ra);
Bulg’or qalampiri – 1-2 dona (turli ranglari bo’lsa yanada yaxshi);
Tuxum – 2 dona;
Sarimsoq – 8 boshcha;
Tuz, zira, murch – 1 choy qoshiqdan;
Tomat pastasi – 50 g;
2-3 dona pomidor;
Lag’mon xamiri – 500 g;
O’simlik yog’i – 130 ml;
Ko’katlar (piyoz, ukrop, kashnich).
QOVURMA LAG’MON PISHIRISH KETMA-KETLIGI
QAYLASI:
Qo’y go’shti 0,5-1 sm kattalikdagi kubiklarga kesib olinadi.
Piyoz yupqa yarim halqa shaklida qilib kesiladi, bezatish uchun biroz olib qo’yish yodingizdan ko’tarilmasin. Sabzi somoncha qilib, achchiq qalampir ingichka halqa, bulg’or qalampiri va pomidor esa kubik qilib to’g’raladi. Sarimsoqning barchasi maydalab olinadi.
Tayyorlash uchun tubi qalin bo’lgan idish kerak, qozon buning uchun ayni muddao. Qozonga 120 ml o’simlik moyi solib, qizdiriladi. So’ng to’g’rab olingan go’sh qovuriladi (10-15 daqiqa yetarli), agar qattiq bo’lsa, biroz dimlab olish mumkin.
Go’sht yumshagach, ortidan piyoz, pomidor, sabzi, bulg’or va achchiq qalampir solinadi. So’ng ko’katlar qo’shiladi va barchasi qovurib olinadi.
1 choy qoshiqdan tuz, zira va maydalangan murch qo’shib, masalliqlar aralashtiriladi.
Keyin qozonga 50 g tomat pastasi solinadi. Barchasi yaxshilab aralashtiriladi.
Tayyorlash yakunida mayda qilib to’g’ralgan sarimsoq qo’shiladi. Masalliqlar yana yaxshilab aralashtirilib, chetga olib qo’yiladi.
Qovurma lag’mon tayyorlash retsepti — kerakli masalliqlar, pishirish sirlari
XAMIRI:
Cho’zma lag’mon xamiri biroz tuzlangan suvda qaynatib olinadi. Pishgach, sovuq suv bilan yuvib olinadi. Xamir boshqa idishga solinib, chetga olib qo’yiladi.
Idishga 1-2 ta tuxumni chaqib solib, bir chimdim tuz sepib, yaxshilab urib olinadi.
Tovada 1-2 choy qoshiq moy qizdiriladi va aralashgan tuxum ingichka qavat qilib quyiladi. U ikki tomonidan qizartirib qovurilib olinadi va pishgach, kichik bo’lakchalarga bo’linadi yoki somoncha qilib to’g’raladi.
Pishgan tuxumga cho’zma lag’mon solinadi, ikkalasi birgalikda qovuriladi, aralashtiriladi, so’ng ular oldindan tayyorlab olingan qaylaga qo’shiladi. Taom tayyor!
Qovurma lag’mon mazali chiqishi uchun cho’zma lag’mondan foydalangan ma’qul. Oddiy kesilgan xamir yoki makaronlar bunday ta’mni bera olishmaydi. Taom likopchaga suziladi, dasturxonga tortishdan oldin u yupqa qilib to’g’ralgan piyoz va ko’katlar aralashmasi bilan bezatiladi.
Pazanda
Qovurma lag’mon tayyorlash retsepti — kerakli masalliqlar