Qovun yesang sahar ye haqida malumot

Qovun yesang sahar ye haqida malumot

Qovunni shirin xushbo‘y ta’mi va ajoyib parhez xususiyatlari uchun qadrlashadi. Xushbuy, yumshoq, shirin qovundan ham yaxshiroq desert bormikin. Qovunning shirali xushta’m go‘shtida yengil o‘zlashtiriladigan qandlar, kraxmal, oqsil, vitaminlar, biriktiruvchi to‘qimalar, pektinlar, organik kislotalar, turli-tuman mineral tuzlar mavjud.

Qovunda ayniqsa temir va kaliy tuzlari juda ko‘p, shu munosabat bilan qovundan kamqonlikda davolovchi ozuqa sifatida, yurak-qon-tomir kasalliklarida, jigar va buyrak xastaliklarida, shuningdek podagra va revmatizmda foydalaniladi.
Qovunlar kremniy moddasiga boy. Olimlarning fikriga ko‘ra, inson hayoti, uning salomatligi, fiziologik jarayonlarning tartibga solinishi kremniy moddasi bilan chambarchas bog‘liq. U qattiq to‘qimalarga, teri va sochlarning holatiga ta’sir qiladi. Kremniy bosh miya qobig‘iga ajoyib tarzda ta’sir qiladi, u nervlarga, ichak devorlariga, ovqat hazm qilish traktiga va butun ichki organlar tizimiga kerak.

Qovunda boshqa poliz ekinlariga qaraganda C vitamini ko‘proq. Qovundagi biriktiruvchi to‘qimalar ichak mikroflorasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, organizmdan xolestrinni chiqarib tashlashga yordam beradi, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi.
Qovun ajoyib yoshartiruvchi xususiyatlarga ega. Bu borada Sharqda shunday ibora bor: «Qovun sochlarga jilo beradi, ko‘zlarni yoshartiradi, lablarni qizil qiladi, istaklarni kuchaytiradi, imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi, erkaklarni aziz, ayollarni esa maftunkor qiladi». Quritilgan qovun — nozik tansiq taom hisoblanadi.

Odatda qovun palakdan uzilganidan keyin iste’mol qilinadi. Ammo, bundan tashqari, undan murabbo, asal, jem, marmelad, povidlo, kompot, tsukatlar ham tayyorlashadi. Qovun qand moddasiga (13% gacha), C, PP vitaminlariga, karotin moddasi, foliy kislotasi, hamda temir moddasi va biriktiruvchi to‘qimalarga juda boy bo‘lgani bois, u qabziyatda (ich qotishida), aterosklerozda, gemorroyda, qon, buyrak va yurak-qon-tomir tizimi xastaliklarida juda foydali hisoblanadi.

Asablarni ham tinchlantiradi…

Qovunning foydali va davolovchi xususiyatidan asab tizimini mustahkalashda ham qo‘llashadi. Qovun go‘shtida serotonin — «baxt gormoni»ni ishlab chiqarishga yordam beruvchi moddalar mavjud. Agar ma’yus bo‘lib qolsangiz, ikki tilik qovun yeng — kayfiyatingiz yaxshilanadi! Ushbu poliz ekinida qon ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan fermentlar ham ko‘p. Bu esa jarrohlik operatsiyalari, yarali kasalliklarning kuchayishidan keyin tiklanishga yordam beradi. Qovun siydik haydaydigan ta’sirga ega. Unda qandlar miqdori ko‘p bo‘lgani bois, diabet va jigar kasalliklariga chalingan bemorlarga ko‘p yeyish tavsiya etilmaydi.
Bundan tashqari, qovun ter haydash xususiyatlariga ham ega. Sariq va istisqo (vodyanka) xastaliklariga chalingan kishilarga qovun iste’mol qilish juda foydali.
Ushbu poliz ekinidan husnbuzarlar toshmasini davolashda hamda sepkillar va pigment dog‘lardan xalos bo‘lishda ham mahalliy surish yo‘li bilan foydalaniladi. Qovun gelmintlarni yo‘q qilishda ajoyib vosita hisoblanadi, bu birinchi navbatda, bolalar organizmiga taalluqli.

 

Kasalliklar
Qovun yesang sahar ye