QOVOQ YOG‘INING FOYDALARI
QOVOQ YOG‘INING FOYDALARI QABZIYATDA Nahorga 1-2 choy qoshiq qovoq yog‘i ichiladi. Bavosilda esa paxtani qovoq yog‘ida namlab, tapmon sifatida uyquga yotishdan oldin qo‘llash mumkin. har ikkisida ham muolaja davomiyligi 14 kun. SISTIT Xastalik xurujlari, jinsiy a’zolar yallig‘lanishi hamda siydik yo‘llaridagi infeksiyalarga qarshi kunora kuniga uch mahal 8-10 tomchidan qovoq yog‘i qabul qilinadi. ATЕROSKLЕROZ HIMOYASI Shuningdek, biror operatsiyadan keyingi darmondori o‘rnida har 2-3 kunda bir marta ertalab 1 choy qoshiq qovoq yog‘i iste’mol qilish foydadan xoli bo‘lmaydi. MЕ’DA FAOLIYATI Oshqozon yarasi, gastrit hamda 12 barmoqli ichak yaralari huruj qilganida ovqatdan bir soat oldin 1-2 choy qoshiq qovoq yog‘i ichish lozim. QORIN DAM BO‘LISHI Qorinda og‘irlik paydo bo‘lishi, jig‘ildon qaynashi tez-tez kuzatilayotgan bo‘lsa, kunora 1 choy qoshiq qovoq yog‘idan ichib turing. TЕRI KUYGANIDA Jarohatlangan teri yuzasiga qovoq yog‘i surtish yoki yoqqa botirilgan dokada kompress qilishfoyda beradi. Yog‘li bog‘lamni har 12 soatda almashtirib turish lozim. Agar teri yuzasiga surtilsa, har 8-10 soatda muolaja takrorlanadi. TЕRIDAGI CHANDIQLAR hasharot chaqishi, husnbuzar, teri toshmalari hamda yiringli yara o‘rnida qolgan chandiqlarni ketkazishda qovoq yog‘idan surtib qo‘ysangiz kifoya. Yog‘ surtayotganda teriga asta singdirib, aylanma harakatlar bilan uqalang. OG‘IZ VA TOMOQ KASALLIKLARI Yarim stakan qaynatib ilitilgan suvga 1 choy qoshiq qovoq yog‘ini aralashtiring. Aralashma bilan og‘iz va tomoq g‘arg‘ara qilinsa, yo‘tal, og‘riqlar, stomatit hamda milk yallig‘lanishlariga davo bo‘ladi. Muolaja davomiyligi 3-5 kun. KOSMЕTOLOGIYADA Yuz terisi quruqlashganida qovoq yog‘ini muammoli sohaga surtib, 30-40 daqiqaga qoldiring. So‘ng nam salfetka yordamida artib oling. Qovoq yog‘i terini namlantirib, quruqlashish alomatlarini bartaraf etadi. SOCH TO‘KILISHIDA Biroz namlangan soch ildiziga qovoq yog‘idan surtib, yengil uqalang. 15-20 daqiqadan keyin esa iliq suvda chayib olasiz. Muolaja bir haftada 2-3 marta takrorlanishi mumkin.QOVOQ YOG‘INING FOYDALARI
DO`STLARGA ULASHING:
QOVOQ YOG‘INING FOYDALARI