Qovoq somsa tayyorlash resepti to’liq malumot oling

Qovoq somsa tayyorlash resepti to’liq malumot oling

Kerakli masalliqlar:

1. Dumba yog’i — 200 gr.

2. Qovoq — 1,5 kg.

3. Kartoshka — 1 kg.

4. Un — 1,5-2 kg.

5. Omuhta yog’ — 150 gr.

6. Tuz va ziravorlar.

7. Tuhum (qatiq) — 1 dona.

qovoq somsa tayyorlash resepti 1

Qovoq somsa tayyorlash resepti

Qovoq somsa tayyorlash resepti

qovoq somsa tayyorlash resepti 3

qovoq somsa tayyorlash resepti 4

Tayyorlanishi:

Omuhta yog’:  qo’yni charvi (ichak va pochka yoni) yog’lari eritiladi. 100 gr erigan qo’y yog’iga 50 gr qizdirilgan pahta yog’i qo’shiladi.

Undan o’rtacha yumshoqlikda sho’r suvga oddiy hamir qilinadi. Va biroz tindirib qo’yiladi.

qovoq somsa tayyorlash resepti 5

Qovoq, kartoshka, piyoz va dumba yog’i kubik qilib to’g’raladi. Tuzi rostlanadi.

qovoq somsa tayyorlash resepti 6

Tingan hamir yupqa yoyilib, omuhta yog’ surtiladi. Hamir rulet xoliga keltirilib o’raladi. Va uni muzlatkichga 1 soatga qo’yiladi.

qovoq somsa tayyorlash resepti 7

qovoq somsa tayyorlash resepti 8

Hamir muzlatkichdan olinib, bo’laklarga bo’linadi. Va bo’lakchalar cheti jo’valanib, dumaloq shakl beriladi. Bunda dumaloq shakl o’rtasini jo’valamaslikka xarakat qilish lozim.

qovoq somsa tayyorlash resepti 9

qovoq somsa tayyorlash resepti 10

So’ngra qiyma solinib, somsa tugiladi. Somsaga shakl berish sizning fantaziyangizga bog’liq. Listga terilgan somsalar ustiga tuhum yoki qatiq surtib, murch sepiladi.

qovoq somsa tayyorlash resepti 11

qovoq somsa tayyorlash resepti 12

Va oldindan qizdirilgan gaz duhovkasida qizargunicha pishiriladi.

Yoqimli ishtaxa!

Pazanda
Qovoq somsa tayyorlash resepti