QOSIM SHOSHIY
QOSIM SHOSHIY (toʻliq ismsharifi Abu Ali Hasan al-Qosim ibn Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali al Qaffol ash-Shoshiy) (10-a.) — faqih. Qaffol Shoshiyning oʻgʻli. Qosim Shoshiydan Xuroson va Iroq faqihlari taʼlim olishgan. Qosim Shoshiy «at-Taqrib fil-furuʼ» («Furuʼga yaqinlashish») asari tufayli manbalarda ulugʻ imomlardan biri sifatida eʼtirof etilgan. Ibn Xallikonning yozishicha, «bu asar shofiʼiy mazhabidagi moʻtabar kitoblardan boʻlib, kimning huzurida bu kitob boʻlsa, boshqasining hojati yoʻkdir». Islomshunoslikda Qosim Shoshiyning «at-Taqrib» asari turli fiqhiy manbalarni oʻrganish va tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ensiklopediya.uz
QOSIM SHOSHIY