Qo‘shimcha reallik texnologiyasida muskullar elektrostimulyatsiyasi boshni burish imkonini berdi to’liq malumot oling

Qo‘shimcha reallik texnologiyasida muskullar elektrostimulyatsiyasi boshni burish imkonini berdi to’liq malumot oling

Amerikalik muhandislar foydalanuvchiga virtual yoki kengaytirilgan reallikda maslahatlar berish imkonini beruvchi yangi metodni ishlab chiqdi. Ovozli yoki vizual yordamdan koʻra boʻyin muskullari elektrostimulyatsiyasini qoʻllash taklif qilindi. Ushbu metod u yoki bu obyektga eʼtibor qaratish uchun odamning boshini kerakli yoʻnalish boʻylab burishga yordam beradi. Ixtiro haqidagi maqola CHI 2022 konferensiyasida eʼlon qilindi, hozircha uning qisqacha tavsifi va koʻrgazmali roligi taqdim qilingan.

VR yoki AR shlem foydalanuvchisini biror obyektga eʼtibor qaratishga majburlash uchun ishlab chiqaruvchilar vizual maslahatlar, masalan, koʻrsatkichlar yoki ovozli signallardan foydalanadi. Muhandislar boshni toʻg‘ridan toʻgʻri kerakli tomonga buradigan loyihalarni ham oʻylab topgan, lekin bu uchun katta mexanizmlar qoʻllangan, natijalar esa samarasiz boʻlgan.

Chikago universitetidan Yudai Tanaka, Chjun Nisida va Pedro Lopes alohida aktuatorlardan foydalanmay, uning oʻrniga foydalanuvchining muskullarini elektrik signallar yordamida stimullashni taklif qildi. Bu tizim boʻyinga taqiladigan yetti elektrod va simlar bilan bogʻlangan boshqaruv blokidan tashkil topgan.

Muskullar elektrostimulyatsiyasi boshni kerakli yoʻnalish boʻylab harakatlantiradi. Tajriba natijasiga koʻra, bunday boshqaruvning aniqligi 8–9 darajani tashkil qiladi.

Asosiy qoʻllash uchun mualliflar foydalanuvchiga nimanidir koʻrsatish kerak boʻlgandagi navigatsiya va maslahatlarni taklif qildi. Shuningdek, ular buni virtual reallikdagi zarbalar imitatsiyasi uchun ham qoʻllash mumkinligini koʻrsatdi.

2019-yilda yaponiyalik muhandislar insonni ixtiyorsiz ravishda kerakli tomonga burilishga majburlaydigan boshqa tizimni koʻrsatgan edi. Bu tizim shishirilgan elementlari boʻlgan belbogʻ koʻrinishida boʻlib, “ilgich effekti”ga asoslangan edi. Bu tizim notekis bosim va tananing turli qismlaridagi teri tortilishida insonni burilishga majburlar edi.

Muallif: Grigoriy Kopiyev. Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “Электростимуляция мышц направила голову в дополненной реальности” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat manbasi: ACM SIGCHI / YouTube

Boshqa mavzular
Qo‘shimcha reallik texnologiyasida muskullar elektrostimulyatsiyasi boshni burish imkonini berdi