Qorong‘ida kitob o‘qish ko‘z nuriga zarari bo‘ladimi?
Qorong‘ida kitob o‘qish ko‘z nuriga zarari bo‘ladimi? — Yo‘q, bo‘lmaydi. Hozir, turli xil kanallar, odamlar tunda o‘qishi zararligi haqida maqolalar yozganliklarini uchratsa bo‘ladi. Aslida esa bu unchalik ham to‘g‘ri emas. Ko‘p olimlar va maxsus ko‘z izlanishlar markazlari takidlashicha bu shunchaki mif. — Qorong‘ida yoki xira yorug‘likda o‘qishni ko‘z nuriga zarari yo‘q. Sizning ko‘zlaringiz buzilmaydi, ular shunchaki charchaydi. Bunda bosh og‘rig‘i paydo bo‘lishi mumkin, lekin ko‘z nuriga hech qanday taʼsiri yo‘q. Agar sizga ko‘z uchun mashq qilishni tavsiya etishsa, quloq solmang. Bu befoyda vaqt sarflashdan boshqa narsa emas. Ko‘z uchun eng yaxshi mashq bu shunchaki yashash. Sizning ko‘zlaringiz doimo harakatda va bir ikki marotaba qilingan ko‘z mashqlari bilan hech narsa o‘zgarmaydi. 📍Ko‘z 17 va 18 yoshgacha rivojlanadi. Ana shu vaqt ichida ko‘zlaringizni ko‘p toliqtirmaslik tavsiya qilinadi. Hamma narsa me’yorida bo’lgani yaxshi.Qorong‘ida kitob o‘qish ko‘z nuriga zarari bo‘ladimi?
DO`STLARGA ULASHING:
Qorong‘ida kitob o‘qish ko‘z nuriga zarari bo‘ladimi?