Qorindagi yog‘ni yo‘qotadigan ichimlik
Qorindagi yog‘ni yo‘qotadigan ichimlik Olimlar ko‘k choy qorin yog‘ini yo‘qotishda samarali ichimlik ekanligini isbotlashdi. Bundan tashqari, meva-sabzavotlarni muntazam iste’mol qilish ushbu sohada ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qorin yog‘i jigar va ichak kabi muhim a’zolar yonida hosil bo‘ladi, bu yurak xastaligi va 2 tip diabet rivojlanish xavfini tug‘diradi. Olimlar qorin visseral yog‘i yuqori bo‘lgan Xitoyning katta yoshli aholi orasida tadqiqot o‘tkazishdi. Tajriba ishtirokchilari ikki guruhga bo‘linishdi. Ulardan biri 12 hafta davomida har kuni ko‘k choy iste’mol qilishdi. Olimlarning fikricha, ko‘k choy metabolizmni tezlashtiradi. Bu organizmga kaloriyani ko‘proq yoqishga yordam beradi.Qorindagi yog‘ni yo‘qotadigan ichimlik
DO`STLARGA ULASHING:
Tajriba shuni ko‘rsatdiki, choy ichuvchilar qorin yog‘idan deyarli butunlay qutulishgan. Katexinlar bilan boyitilgan ushbu ichimlikni iste’mol qilish natijasida o‘rtacha visseral yog‘ miqdori, tana vazni va organizmda to‘plangan ortiqcha yog‘ sezilarli darajada kamaydi.
Qorin yog‘idan qutulmoqchi bo‘lganlar uchun mutaxassislar har kuni kamida besh porsiya meva-sabzavot iste’mol qilishni, shuningdek, taomnomaga kletchatkaga boy kraxmalli mahsulotlarni kiritishni maslahat berishadi.
Qorindagi yog‘ni yo‘qotadigan ichimlik