Qorin og‘riqlarida foydali maslahatlar
Qorin og‘riqlarida foydali maslahatlar ✅ Agar siz taomlarni juda sho‘r iste’mol qilsangiz, ora-chorada banan yeb turing. Tarkibida kaliy mavjudligi hisobiga banan qorindagi spazmni yengillashtiradi va tuzning organizmdan oson chiqib ketishini ta’minlaydi. ✅ Ovqat hazm bo‘lmasligi bilan bog‘liq bezovtalik kelib chiqqanida 1 stakan yog‘siz qatiq iching. Qatiq tarkibidagi bakteriyalar ichaklar mikroflorasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. ✅ Infeksiya tushishi oqibatida kelib chiqadigan qorin og‘riqlarida zanjabil qo‘shilgan choy ayni muddaodir. Zanjabilli choyni ertalab och qoringa, ozroq asal qo‘shib ichish tavsiya etiladi. ✅ Shuningdek, 1 choy qoshiq moychechak gulini 1 stakan qaynoq suvda damlab, 15 daqiqa tindiring. So‘ng dokadan suzib, oz-ozdan iching. Choyni ovqatlangandan so‘ng ichsangiz, qorin og‘riqlari bezovta qilmaydi.Qorin og‘riqlarida foydali maslahatlar
DO`STLARGA ULASHING:
Qorin og‘riqlarida foydali maslahatlar