Qorin dam bo’lishi (meteorizm)

Qorin dam bo’lishi (meteorizm)

Qorin dam bo’lishi (meteorizm)

DO`STLARGA ULASHING:

Qorin dam bo’lishi, meteorizm(yun. μετεωρισμός —yuqoriga ko’tarilish, dam bo’lish) — bu qorinning damlanishi va ichakda gaz hosil bo’lishining kuchayishidir. Sog’lom odamlarda bunday buzilishning sababi o’ziga xos ovqatlanish yoki qabziyatga moyillik bo’lishi mumkin: organizmga kirgan oziq-ovqat ichaklarda ushlanib qoladi, chirish jarayonlariga olib keladi, natijada gaz hosil qiladi. Ko’p miqdorda gaz hosil bo’lishi kasallikning rivojlanishini ko’rsatishi mumkin.
meteorizm
Qorin dam bo’lishi bilan bog’liq fiziologik jarayonlar
Sog’lom odamning ichaklarida ichak mikroflorasi hayotiy faoliyati natijasida ishlab chiqarilgan taxminan 200-900 millilitr gaz mavjud bo’ladi. Defakatsiya va boshqa jarayonlar orqali normada ichakdan bir sutkada o’rtacha 100-500 ml gaz chiqib ketadi.

Meteroizmda esa chiqariladigan gaz hajmi 3 va undan ortiq litrga yetishi mumkin. Sog’lom odamlarda gaz aralashmasi tarkibi quyidagicha bo’ladi:
Azot (N2)— 24-90%;
Karbonat angidrid (CO2)— 4,3-29%;
Kislorod (O2)— 0,1-23%;
Vodorod (H2)— 0,6-47%;
Metan (CH4)— 0-26%;
Oz miqdorda vodorod sulfidi (H2S), ammiak (NH3), uchuvchan merkaptanlar.

Meteorizmdagi noxush holatga flatulentsiya aktidan so’ng gazlarning chiqib ketishidan keyin o’tadigan to’lg’oqsimon og’riqlar, kekirish, hiqichoq tutishi, og’irlik, qorining ichkaridan kengayishi hissi hamrohlik qiladi. Ba’zan ich ketishibilan qabziyatalmashib turadi.

Gazsimon mahsulotlarning ichakdan ixtiyoriy yoki noixtiyoriy chiqarish aktiflatus deb ataladi. Ko’pincha unga xarakterli keskin ovoz hamrohlik qiladi («sfinkteral rezonans»). Yuqori flatulentsiya hazm qilish tizimining disfunktsiyasidan dalolat beradi.

Gazlar hajmi va ularni chiqarib turish davriyligi sog’lom odamlarda individual xarakterga ega. Flatulentsiyaning tabiiy va normal soni kuniga 13 dan 21 martagacha hisoblanadi. Bu meteorizm emas, balki tabiiy fiziologik jarayondir.

Qorin dam bo’lishi sabablari
Meteorizmga moyillik mikrofloraning tarkibidagi farqlar bilan tushuntiriladi. Qorin damlanishini keltirib chiqaruvchi sabablar quyidagicha bo’lishi mumkin:
Ovqatlanish qoidalarini buzish;
Ovqat hazm qilish jarayonlarining buzilishi, disbakterioz;
Gaz hosil qiluvchi bakteriyalarning ustunligi;
Oshqozon-ichak trakti motor faoliyatining buzilishi;
Ichak ajratish funksiyasining mexanik buzilishlari;
Balandlikka ko’tarilganda ichakda bosimning oshishi;
Hissiy-ruhiy holatning buzilishi.

Ichakda gazlarning paydo bo’lishiga gaz hosil qilish salohiyati yuqori bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari hissa qo’shadi:

Sut mahsulotlari (yumshoq pishloqlar, muzqaymoq)

Sabzavotlar (piyoz, selderey, karam, rediska, bodring, sabzi, kartoshka)

Mevalar (olma, shaftoli, olxo’ri, uzum, nok, o’rik)

Xamirturushli (xamiridan non mahsulotlari non va tozalanmagan donli mahsulotlar, bulochkalar, teshikkuklchalar, pitsa)

Dukkaklilar (no’xat, loviya)

Donlilar (undirilgan bug’doy, jo’xori va suli mahsulotlari, qayta ishlangan kepak)

Boshqa mahsulotlar (mayiz, pivo, qo’ziqorinlar)

Yog’li taomlar bilan ovqatlanish gaz hosil bo’lishining oshishiga sabab bo’ladi. Kuniga 1-2 marta katta qismlar bilan ovqatlanish oshoqozon va to’g’ri ichakka katta yuk tushiradi, ovqat massasining ushlanib qolishi esa gazlarning ko’p miqdorda hosil bo’lishiga olib keladi.

Homiladorlikda 2 va 3 trimestrida bachadon o’lchamining kattalashishi va ichakni bosishi ham meteorizmga sabab bo’lishi mumkin.

Ovqat hazm qilish jarayonlarining buzilishida meteorizm fermentlar yetishmasligi, ichak-jigarda safro kislotalari aylanishining buzilishi, disbakterioz bilan og’rigan bemorlarda kuzatiladi. Ichakdagi motor faollikning buzilishida aerofagiya (ovqat bilan ko’p miqdorda havo yutish) ham meteorizmga sabab bo’lishi mumkin.

Meteorizmga olib keluvchi patologiyalar:

Ichak disbakteriozi;

Oshqozon-ichak trakti kasalliklari (pankreatit, enterit, kolit, jigar sirrozi);

O’tkir ichak infektsiyalari;

To’g’ri ichakda ichak parazitlari (gelmintoz);

Gaz chiqishi buzilishlari:
ichak o’tkazmasligi
peritonit oqibatida ichak atoniyasi

Nevroz;

Ichakdagi boshqa yallig’lanish jarayonlari.

Alomatlari
Qorin dam bo’lishining klinik belgilari yetarlicha aniq bo’ladi:
Gazlar chiqishining ko’payishi;
Qorin hajmining kattalashishi, uning shishishi;
Kekirish;
Qorin bo’shlig’i sohasidagi og’riqlar.

Qorin dam bo’lishi uning ichidan kengayib ketishi tuyg’usini beradi, uning hajmi oshadi, kiyimlar torlik qiladi, ba’zida qorin qurillaydi. Bemor vaqti-vaqti bilan qorin bo’shlig’ining turli joylarida aniq joylashuvsiz o’tmas yoki simillovchi og’riqni his qiladi. Gazli kolikalarda og’riq xurujlari to’lg’oqsimon bo’ladi. Flatulentsiyadan keyin og’riq yo’qoladi.

Bundan tashqari, meteorizm quyidagi buzilishlarga sabab bo’ladi:
Ko’ngil aynishi;
Og’izdan noxush hid kelishi;
Ich ketishi yoki ich qotishi;
Ishtahaning pasayishi.

Qorin dam bo’lishini davolash
Qorin dam bo’lishi nimadanligi omillarning xilma-xilligi bu buzilishni davolashning asosiy muammosidir. Agar meteorizmning asosiy sababi ovqatlanish bo’lsa, davolanishning asosini parhez tashkil etadi. Ovqatga gaz hosil qilish salohiyati past bo’lgan mahsulotlarni iste’mol qilish kerak, ularga oq guruch, sitrus mevalari, qattiq pishloqlar, oq go’sht, tuxum, gazlanmagan ichimliklar, yogurt kabi mahsulotlar kiradi. Organizmning muayyan oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan individual reaktsiyasini aniqlash uchun sinovli eliminatsion parhezlar o’tkaziladi — «shubhali» mahsulotlar bosqichma-bosqich taomnomadan chiqarib yuboriladi. Organizmning turli xil ovqatlar kombinatsiyasiga munosabatini diqqat bilan kuzatish kerak.

Yomon odatlardan xalos bo’linsa, aerofagiyada qorin dam bo’lishini davolash muvaffaqiyatli bo’ladi:
Ovqatlanayotganda so’zlashmaslik, ovqatni tez yemaslik;

Saqich, obaki dandonlardan voz kechish, ichimliklarni somoncha orqali ichmaslik. Parhezdan gazlangan ichimliklar va pivoni chiqarib tashlash;
Kamroq chekish;

Shakar saqlovchi mahsulotlar, mevalar va ularning sharbatlarini oqsilli taom tanovulidan 2-3 soatdan keyin iste’mol qilish kerak, yanada afzalrog’i ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin.

Meteorizmning sababi kasallik bo’lsa, terapiya patologiyani davolash yoki kasallikni yengillashtiradigan, uning alomatlarini bartaraf etadigan murakkab chora-tadbirlarni qo’llashni o’z ichiga oladi.

Qorin dam bo’lganda foydalaniladigan dorilar:

Enterosorbentlar— enterosgel, diosmektit, faollashgan ko’mor, polifepan. Ushbu guruh preparatlari gazlar ishlab chiqarishni ko’paytiradigan zararli moddalar, toksinlarni o’ziga bog’lab, organizmdan chiqarib tashlaydi.

Ko’pik so’ndiruvchilar— simetikon asosli dori-darmonlar. Suyuqlikda ko’p miqdorda gaz pufakchalari ko’pik hosil qiladi. Ushbu dori vositalarining ta’siri gaz pufakchalarining sirt tarangligini kamaytirishga asoslanadi.

Uglevodlarni hazm qilishni osonlashtiradigannopankreatik fermentlar.

So’rilmaydigan antibiotiklar. Preparat o’zgarmagan holda najas bilan chiqariladi, uning qondagi kontsentratsiyasi oshmaydi.

Qorin dam bo’lishini Espumizan (simetikon) yaxshi bartaraf qiladi. U pufakchalarning hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi, ularni yo’q qiladi, shuningdek, qorin damlanishi va kekirishni bartaraf etadi. Preparatni qandli diabetgachalingan va oshqozon-ichak kasalliklaribilan og’rigan bemorlarga ham qabul mumkin. Espumizan mahalliy ta’sir ko’rsatadi va butunlay najas bilan chiqib ketadi.

Meteorizmdan uy sharoitida xalos bo’lish
Uy sharoitida qorin dam bo’lishiga qarshi «yel haydovchi» quyidagi xalqona vositalar yordam beradi:
Shivit, fenxel mevasi;

Teng miqdorda fenxel, yalpiz barglari va valeriana ildizidan o’simlikli top’lam, bu shuningdek spazmolitik ta’sirga ham ega;

Shivitli suv — termosga 2 osh qoshiq maydalangan shivit va issiq suv solinib, aralashma 3 soat tindiriladi. So’ng, kuniga 3-4 marta yarim stakandan ichiladi. Bu ko’pincha chaqaloqlarga belgilanadi.

Zira urug’lari.

Qorin dam bo’lishi keng tarqalgan, lekin juda oz o’rganilgan. Eng muhimi — gazning chindan ham ortiqchami yoki shunchaki ichakning anomal sezgirligi odamga diskomfort tug’dirmoqdami degan savolga javob topishdir.

Qorin dam bo’lishi (meteorizm)