QORI-NIYOZIY
QORI-NIYOZIY Toshmuhammad Niyozovich (1897.2.9, Xoʻjand —1970.18.3, Toshkent) — matematik olim, pedagog, jamoat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1939). Oʻzbekiston FA akad. (1943), fizika-mat. fanlari d-ri (1939), prof. (1931). Oʻzbekiston FAning birinchi prezidenti (1943—47). Mehnat Qahramoni (1967). Fargʻona sh. da yangi tipdagi birinchi oʻzbek maktabini tashkil qilgan (1917), 1920-y. da bu maktab Qoʻqon sh. dagi dorilmuallimlik taʼlim-tarbiya kursi bilan qoʻshilib, Fargʻona viloyat taʼlim-tarbiya texnikumiga aylantirildi va Q.-N. unga direktor qilib tayinlandi.
Ensiklopediya.uz
QORI-NIYOZIY