Qoraqalpog`istondagi eng chekka ovulda Mudofaa vazirligi harbiy shifokorlari tibbiy ko`riklarni o`tkazmoqda

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan xalqimiz farovonligini ta`minlash, olis tuman va qishloqlarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizning turmush darajasini yaxshilash  maqsadida uzoqni ko`zlab joriy etilgan “Mahallabay” tizimi mamlakatimiz hayotidagi muhim jarayon ekani o`z aksini topmoqda.

Bugun barcha soha vakillari kabi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham yurtodoshlarimiz salomatligini mustahkamlash, tuman markazlaridan uzoq masofada istiqomat qilayotgan aholiga amaliy ko`mak berish uchun birdamlikda, hamjixatlikda qo`yilgan vazifalarni bajarib kelmoqda.

EU4A2082

Jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasining eng olis hududlaridan biri bo`lgan Taxtako`pir tumanining Janadaryo ovulida ham hayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Nukus shahridan chamasi 150 km uzoqlikda joylashgan ushbu ovulda 700 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Aholining asosiy daromadi chorva mollari va parranda etishtirishdan iborat. 2 oila “Temir daftarga”, 14 nafar ayol “Ayollar daftariga” hamda 18 nafar yoshlar “Yoshlar daftariga” kiritilgan bo`lib, ular bilan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Aholi sog`ligini saqlash, ularga beriladigan tibbiy maslahat va muolajalar sifatini oshirish, bir so`z bilan aytganda vatandoshlarimiz salomatligini mustahkamlash maqsadida Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali hamda Nukus harbiy gospitali, shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlaridan iborat tibbiy brigada tomonidan ovulda bir necha kun davomida tibbiy ko`riklar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

EU4A2189

Jarroh, nevropatolog, travmatolog, okulist, akusher-ginekolog, pediatr kabi malakali mutaxassislar tomonidan o`tkazilayotgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko`riklar davomida ovul ahli ultratovush hamda EKG tekshiruvidan o`tkazilib, mobil laboratoriyada qon tahlili bilan bir necha soniyada tanishish imkoniga ega bo`lmoqda. Tibbiy ko`riklar sifatini oshirish hamda aholi va shifokorlarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan Nukus harbiy gospitaliga taqdim etilgan “KAMAZ” yuk avtomashinasi negizida yurtimizda yaratilgan yangi “Harbiy mobil tibbiy markaz” majmuasi ham ovulga keltirildi.

Tibbiy ko`rikning birinchi kunida 378 nafar aholining salomatligi tekshirilib, ulardan 78 nafarida turli kasalliklar aniqlandi. 5 nafar fuqaroga respublika davolash-profilaktika muassasalariga, 15 nafariga esa tuman tibbiyot birlashmasida stasionar hamda 55 nafarga ambulator sharoitlarda davolanish uchun yo`llanmalar berildi. 

Shu kuni Toshkent va Nukusdan kelgan malakali mutaxassislarning ko`rigidan o`tgan aholining quvonchi o`zgacha bo`ldi. 

– Uy ishlari, ro`zg`or bilan bo`lib tuman markazidagi tibbiyot muassasalarida tibbiy tekshiruvlardan yillar davomida o`tmay kelamiz, – deydi ovul fuqarosi Temirali Begaliev. – Prezidentimizga rahmat, bizni o`ylab mana shunday uzoq manzillarga soha vakillarini yuborayapti. Yoshu qari hammamiz birdek hursandmiz. Barchamizni qiynab kelayotgan bir muammo bor. U ham bo`lsa ovulimizdagi vrachlik punktini qayta ishga tushurishni so`raymiz. Ilgari shifokorlarimiz ham, hamshiralarimiz ham bo`lardi. Qiyinchilik bilmasdik. Xozirda bir ukol olish uchun ovulimizda hamshira topilmaydi.

EU4A2172

Ta`kidlash joizki, ovulda joylashgan vrachlik punkti aholi soni kamligi uchun 2017 yildan beri faoliyati to`xtatilgan. Taxtako`pir tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Ixlos Polvonovning ta`kidlashicha, ushbu masala ham o`z echimini topib, kelgusi yilda vrachlik punkti binosi qayta ta`mirlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan ekan.

Darvoqe, Prezidentimiz rahnamoligida mahallama-mahalla olib borilayotgan tizimli ishlar yurtdoshlarimizga yaxshi sharoitlarni muhayyo etish, turmushini yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo`lmoqda.

EU4A2046

Harbiy shifokorlarning olis hududlarda aholini tibbiy ko`riklardan o`tkazish ishlari davom etadi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya