Qoraqalpog‘istonda Qizil kitobga kiritilgan tsistanxe o‘simligini xitoyliklar noqonuniy terib olib ketayotgani aytilmoqda
O`rmonlarda O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, yovvoyi holda o`suvchi o`simliklarni, shuningdek zaharli, giyohvandlik moddalari mavjud bo`lgan o`simliklarni fuqarolar tomonidan yig`ishni taqiqlovchi norma mustahkamlanmoqda.
Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar himoyasida yana bir qadam: Chakanda plantatsiyalarini qanday saqlab qolish mumkin?
Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti magistranti Shahlo Tolibova “Chakanda o‘simligining suv almashinuv xususiyatlari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Shahlo Tolibovaning mazkur mavzu bo‘yicha 5 dan ortiq maqolalari xalqaro va respublika nashrlarida chop etilgan. Ilmiy rahbari o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti Flora Kabulova.
– Chakanda to‘qayzorlarda tarqalgan yovvoyi o‘simlik bo‘lib, asosan, nam joylarda, daryo bo‘ylarida o‘sadi – deydi Shahlo Tolibova, – Ayni paytda Qizil Kitobga kiritilgan noyob o‘simlik sifatida milliy qo‘riqxona muhofazasiga olingan. Bu o‘simlik Markaziy Osiyoda, Qirg‘iziston va Tojikistonda keng tarqalgan. Samarqand viloyatida tabiiy chakandazorlar, asosan, Zarafshon daryosi bo‘yida mavjud. O‘simlikning foydali tomonlari ko‘pligini hisobga olib, oxirgi yillarda chakanda plantatsiyalarini ko‘paytirishga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Chakanda tarkibida ko‘plab foydali vitaminlar va biologik faol moddalar topilgan. Jumladan undagi A provitamini bolalarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chakanda yuqumli infeksion kasalliklarga qarshi dori vositalari ishlab chiqarishda ham qo‘llaniladi. Shuningdek, uning tarkibida odam qarishini sekinlashtiruvchi, yurak faoliyatini faollashtiruvchi moddalar ham aniqlangan. Chakanda mevasidan chakanda yog‘i olinadi, barglari antibakterial xususiyatga ega, poya po‘stlog‘ida serotonin moddasi bo‘lib, saraton kasalligiga qarshi preparatlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Chakanda ildizida azot o‘zlashtiruvchi tuganak bakteriyalar mavjud bo‘lib, ular tuproqni azotga boyitadi.
Daryo suvidan noto‘g‘ri foydalanish natijasida grunt suvlarining kamayishi tuproq tarkibida namlikning kamayishiga olib keladi. Namlik yetishmasligi, yuqori harorat va havoning quruqligi chakanda plantatsiyalarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bu esa chakandaning yo‘qolib borishiga sabab bo‘lmoqda. Uni asrab qolish uchun o‘simlikning suv almashinuv xususiyatlarini o‘rganib, uni joriy muhitga moslashtirish choralarini ko‘rish lozim. Shuning uchun bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biri chakandaning o‘sish, rivojlanishini o‘rganish va asosiy e’tibor suv yetishmasligiga sabab bo‘layotgan suv almashinuv ko‘rsatkichlarini o‘rganish muhim masala hisoblanadi. Mazkur tadqiqot ishi chakanda plantatsiyalarini saqlab qolish, o‘simlikning yo‘qolib ketishining oldini olishda muhim qadam bo‘lishi, shubhasiz.
Iroda Bekmurodova,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.
Qoraqalpog‘istonda Qizil kitobga kiritilgan tsistanxe o‘simligini xitoyliklar noqonuniy terib olib ketayotgani aytilmoqda
Ijtimoy tarmoqda To‘rtko‘lda Qizil kitobga kiritilgan sho‘ravor tsistanxe o‘simligi xitoyliklar tomonidan noqonuniy terilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarda yozilishicha, tsistanxe o‘simligini To‘rtkul tumani «Anhorli» MFYdagi «Bog‘yap kanali» qurilishi uchun kelgan xitoyliklar noqonuniy ravishda ishchilarga terdirtirishmoqda.
«Ishonchimiz komilki, Qoraqalpog‘iston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi mazkur huquqbuzarlikning oldini olib, shifobaxsh o‘simliklarni asrab qolishadi va ularning noqonuniy ravishda chet elga olib chiqilishiga yo‘l qo‘yishmaydi», — deyiladi xabarda.
Qoraqalpoq davlat universitetining ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti Nizamatdin Mamutovning so‘zlariga ko‘ra, 2 ming yildan buyon Xitoy tibbiyotida foydalanib kelinayotgan bu o‘simlik ko‘p kasalliklarga davo va umrni uzaytirish xususiyatiga ega. Tsistanxe bo‘g‘inlardagi og‘riqlar, buyrak kasalliklarini davolash, shuningdek, xotira va immunitetni mustahkamlash, asabni tinchlantirishda, ayniqsa, miya o‘simtasining oldini olishda tengi yo‘q darmon hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, tsistanxe o‘simligi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. U Amudaryo deltasi, Qizilqum va Ustyurt kengliklarida tarqalgan hamda «cho‘l jensheni», «sahrodagi hayot ildizi», «oltin tomir» deb nomlanadi.
Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi holda o`suvchi o`simliklarni, shuningdek zaharli, giyohvandlik moddalari mavjud bo`lgan o`simliklarni fuqarolar tomonidan yig`ish taqiqlanadi
Oliy Majlis Senati o`n to`rtinchi yalpi majlisida yangi tahrirdagi “O`rmon to`g`risida”gi qonun ma`qullandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Qonunda bir qator muhim jihatlar o`z aksini topgan. Jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining o`rmon xo`jaligi sohasida davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishi va amalga oshirish borasidagi vakolatlari mustahkamlanmoqda. Ushbu sub`ektlar o`rmon xo`jaligi sohasiga oid davlat va hududiy dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish bilan bir qatorda, bu borada jamoatchilik nazoratini ham amalga oshiradi.
O`rmondan umumiy va maxsus foydalanish bilan bog`liq asosiy qoidalar takomillashtirilmoqda. Jumladan, o`rmondan foydalanishning: daraxt va butalarni kesmagan holda o`tin va shox-shabbalarni yig`ish; baliqchilik xo`jaliklari ehtiyojlari uchun foydalanish; ekologik turizmni rivojlantirish hamda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirish maqsadida foydalanish kabi yangi ko`rinishlari belgilanmoqda.
Shu bilan birga, o`rmonlarda pichan o`rish davlat o`rmon xo`jaligi organlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi hamda bu borada maxsus tartib-taomillar belgilanishi nazarda tutilmoqda.
O`rmonlarda O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, yovvoyi holda o`suvchi o`simliklarni, shuningdek zaharli, giyohvandlik moddalari mavjud bo`lgan o`simliklarni fuqarolar tomonidan yig`ishni taqiqlovchi norma mustahkamlanmoqda.
O`rmon xo`jaligi sohasida ilg`or tajribaga ega davlatlarning qonunchilik amaliyotini hisobga olgan holda, o`rmonlarda chorva mollarini o`tlatish qoidalari takomillashtirilmoqda.
Qonunda o`rmonlarga salbiy ta`sirlarning o`z vaqtida oldini olish uchun o`rmonlar monitoringgiga oid alohida norma belgilanmoqda. Mazkur norma davlat o`rmon fondi holatidagi o`zgarishlarni aniqlash, uni baholash va prognoz qilishga doir muntazam kuzatuvlarni olib borish orqali o`rmonlarni muhofaza qilish va istiqbolda rivojlantirish bilan bog`liq aniq va asoslangan chora-tadbirlar amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
Qiziqarli malumotlar
Qoraqalpog‘istonda Qizil kitobga kiritilgan tsistanxe o‘simligini xitoyliklar noqonuniy terib olib ketayotgani aytilmoqda