Qoraqalpog‘istonda “Qizil kitob”ga kiritilgan jayronlarni ovlagan brakonyerlar qidirilmoqda
Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak
«Қизил китоб» 1/2-жилд (ўсимликлар ва ҳайвонлар)
Ўзбекистон Республикасининг Қизил китоби 1 жилдида ўсимликлар оламининг камёб, йўқолиб кетиш хавфи остида турган турлари тўғрисидаги маълумотлар жамланган бўлиб, унда ҳар бир турнинг қисқача тавсифи, тарқалиши, ўсиш шароити, сони, кўпайиши, ареалининг ўзгариш сабаблари, маданийлаштирилиши ва муҳофаза чоралари кўрсатилган. Китоб экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш органлари ходимлари, ботаниклар, ўсимлик дунёси билан қизиқувчилар ҳамда кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
Ўзбекистон Республикасининг Қизил китоби 2-жилдида ҳайвонот оламининг камёб, йўқолиб кетиш хавфи остида турган турлари тўғрисидаги маълумотлар жамланган бўлиб, унда ҳар бир турнинг мақоми, қисқача тавсифи, тарқалиши, яшаш тарзи, сони ва ареалининг ўзгариш сабаблари, муҳофаза ҳамда кўпайтириш чоралари келтирилган. Китоб экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш органлари ходимлари, зоологлар, ҳайвонот дунёси билан қизиқувчилар ҳамда кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
Номи: «Қизил китоб» 1/2-жилд (ўсимликлар ва ҳайвонлар)
Нашриёт: «Terra print klaster»
Сана: 2019 йил
Ҳажми: 1-356 бет
2-374 бет
ISBN: 1-978-9943-313-86-6
2-978-9943-313-87-3
Ўлчами: 60×84 1/8
Муқоваси: қаттиқ
Qoraqalpog‘istonda “Qizil kitob”ga kiritilgan jayronlarni ovlagan brakonyerlar qidirilmoqda
Joriy yilning 12-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani hududida olib borilgan tezkor tadbirda tumanning “Qoniratkol” OFY cho‘l zonasida inspektorlar tomonidan noma’lum shaxslar “Uaz 469” rusumli rangi kulrang (belaya noch) avtomashina bilan turganligi aniqlangan. Noma’lum shaxslar inspektorlarning yaqinlashayotganligini ko‘rib qolib, voqea joyidan yashiringan. Inspektorlar noma’lum shaxslarning 5 km masofagacha izidan borgan. No’malum shaxslar davlat inspektorlaridan qochib ketishga ulgurgan.
Taxtako‘pir tumani cho‘l zonasining “Tasbergen” kran atrofida inspektorlar tomonidan noma’lum shaxslar turgan joy ko‘zdan kechirilganda voqea joyidan ularga tegishli otilgan patron gilzasi, idish-tovoq, xo‘jalik buyumlari bo‘lgan pichoq, bolta, yoqilg‘i, qiyim-boshlar hamda “Qizil kitob”ga kiritilgan 14 dona jayronlar, 5 dona yovvoyi quyonlar tashlab ketilganligi aniqlangan.
Davlat inspektorlari tomonidan ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, voqea joyi video tasvirga olingan.
“Yuqoridagi holat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi tomonidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga xabar qilingan. Mazkur holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining Matbuot xizmati xabarida.
Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak
“Qushlar dunyosi” chaynvordi
Chaynvord: 1. Ko‘klam elchisi. 2. Yer yuzining barcha qit’alarida tarqalgan, uyasini qoya yoriqlarida quruvchi sayroqi parranda. 3. Tustovuqning ikkinchi nomi. 4. Yoz darakchisi. 5. Markaziy Osiyo tog‘liklarida yashovchi, ovlanadigan parranda. 6. O‘zbekistonda mart oylarida uchib keluvchi qush. 7. Ovlanadigan, go‘shti mazali yirik qush. 8. Vatanimizda qushlar uchib o‘tish davrida uchrovchi parranda. 9. Muzlamaydigan suv havzalarida qishlovchi qush. 10. Pati qora tusdagi parranda. 11. Gala-gala bo‘lib uchadigan qush. 12. Tumshug‘ining ranggiga ko‘ra nom olgan qush. 13. O‘zbekistonda qishlaydigan, patlari tim qora qush. 14. Janub o‘rmonlarida tarqalgan kokildor, noyob parranda. 15. Olachipor patli, yelpig‘ichsimon tojli qush. 16. Yashil patli, bigiz tumshuqli, jarlarga uya soluvchi qush. 17. Nomi vatani hisoblanuvchi orol nomidan olingan, uyda boqib ko‘paytiriladigan sayroqi qush. 18. Havoda qanot qoqmasdan uzoq vaqt ucha oladigan, suvda yaxshi suzuvchi, Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan kamyob dengiz parrandasi. 19. Yozuvchi Abdulla Qahhor qissasi nomi bilan ataluvchi qush. 20. Parrandalarga mo‘ljallangan xona. 21. Bedanani to‘rga ilintirishda foydalaniladigan hushtak. 22. Nomini aytib sayrovchi qush. 23. Parrandalar yashashi uchun qurilgan joy. 24. Janubiy Amerikada tarqalgan to‘ti. 25. G‘ozsimonlar turkumiga mansub ovlanadigan qush. 26. Xonakilashtirilgan parranda.
Topshiriq. Yuqoridagi javoblar asosida quyidagi raqamlar juftini (birinchisi so‘z, ikkinchisi harf tartibini anglatadi) harflar bilan almashtirish orqali dunyoda eng tez yuradigan, tuxumi qaynatilganda esa to‘rt soatda pishadigan va bo‘ynidagi umurtqalari miqdori jirafanikidan ikki baravar ko‘p bo‘lgan g‘aroyib qushlarni bilib oling. 6/6,3/7,4/3,14/1,1/1,22/5,10/5,19/4,7/2,24/2,2/1,16/2,26/5.
Foziljon ORIPOV tuzdi.
Qiziqarli malumotlar
Qoraqalpog‘istonda “Qizil kitob”ga kiritilgan jayronlarni ovlagan brakonyerlar qidirilmoqda