Qoraqalpog‘istonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qoraqalpog‘istonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3. 11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.15.00 Hayvonot obyektlarini va ular yashash muhitini muhofaza qilish]

Qizil kitobga kirgan o’simliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 09.03.1992 yildagi 109-son

Дата вступления в силу
Ссылка на последующую редакцию
Ссылка на предыдущую редакцию
Индексация по АПУ
Индексация по ОКОЗ
Индексация по СПиТ
Индексация по ТСЗ
Источники изменений
Источники опубликования
Комментарий

Вид

1. 11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.05.00 Noyob, yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida bo‘lgan o‘simliklar va hayvonlar. Qizil kitob;

2. 11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.08.00 O‘rmonlarni va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, undan foydalanishni nazorat qilish. Yong‘in, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish;

3. 11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.15.00 Hayvonot obyektlarini va ular yashash muhitini muhofaza qilish]

Qoraqalpog‘istonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qoraqalpog‘istonda “Qizil kitob”ga kiritilgan 14 bosh jayron va 5 dona yovvoyi quyon ovlagan 4 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov telegramdagi kanalida xabar berdi.

O‘tkazilgan tekshiruvga ko‘ra, O‘zbekiston hayvonot dunyosiga 190 mln 350 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan to‘rt nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi “ye” va “j” bandlari (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, deb yozadi bosh prokuror matbuot kotibi.

Avvalroq, mazkur voqea 12 dekabr kuni yuz bergani, kamyob hayvonlarni ovlagan brakonerlar qochib ketgani va ular qidiruvda ekani xabar qilingandi. Shuningdek, holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borayotgani bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Ustyurt tekisligida 11 bosh jayronni ovlagan brakonerlar 4 yil muddatga qamalgandi.

Qizil kitobga kirgan o’simliklar

12 dekabr kuni Qoraqalpog‘istondagi «Tasbergen» kran atrofida noma’lum shaxslar «Qizil» kitobga qiritilgan jayron va yovvoyi quyonlarni ovlagan. Bu Ekologiya qo‘mitasining Nukus shahar, Taxiatosh, Taxtako‘pir tumani inspektorlari hamkorlikda Taxtako‘pir tumanida o‘tkazgan tezkor reyd tadbirlarida aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tahminan soat 14:00 larda Taxtako‘pir tumani «Qoniratkol» OFY cho‘l zonasining «Tasbergen» kran atrofida noma’lum shaxslar «Uaz 469» rusumli rangi kulrang avtomashina bilan turgan.

Reyd tadbiri o‘tkazayotgan inspektorlar ularni ko‘rib qolgan. Noma’lum shaxslar inspektorlarning yaqinlashayotganligini sezib, voqea joyidan yashiringan. Xodimlar 5 km masofagacha ularning izidan borgan. No’malum shaxslar davlat inspektorlaridan yashirinishga erishgan.

Cho‘l zonadagi ular turgan joy ko‘zdan kechirilganda voqea joyidan no’malum shaxslarga tegishli otilgan patron gilzasi, idish-tovoq, pichoq, bolta, yoqilg‘i, qiyim-boshlar topilgan. Bundan tashqari, «Qizil» kitobga qiritilgan 14 dona jayron va 5 dona yovvoyi quyon tashlab ketilgani aniqlangan.

Davlat inspektorlari holat bo‘yicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzib, voqea joyini video tasvirga olgan.

Holat haqida Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasi tomonidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga xabar qilingan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida voqea joyidan qochib ketgan no’malum shaxslar Qorao‘zak tumanida yashovchi M.M va U.X hamda Taxtako‘pir tumanida yashovchi B.A, N.Q. lar ekanligi aniqlangan.

Fuqarolar M.M va U.X hamda B.A, N.Q. lar Vazirlar Mahkamasining 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablarini buzgan deb topilgan. Buning natijasida O‘zbekiston hayvonot dunyosiga 190 mln 350 ming so‘mlik juda ko‘p miqdordagi moddiy zarar yetkazgan.

Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi «ye», «j» bandlari (juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda, «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonot yoki o‘simlik dunyosi turlarini nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

«Газета.uz» 700

  • # ovchilik
  • # prokuratura
  • # qizil kitob
  • # qoraqalpog‘iston

Qiziqarli malumotlar
Qoraqalpog‘istonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi