QORAKOSOV haqida

QORAKOSOV haqida

QORAKOSOV

QORAKOSOVildiz boʻgʻzi va poya asosi qorayishi bilan kechadigan oʻsimlik kasalligi. Zamburugʻ va bakteriyalar qoʻzgʻatadi. Asosan, karam, kartoshka, sabzi, mevali daraxt koʻchatlari, dukkayuti yem-xashak va b. ekinlar zararlanadi. Karam Q. i karam va gulkaram, kolrabi, rediska va b. ni zararlaydi. Kasallangan oʻsimlik soʻliydi, ildiz boʻgʻzi qorayadi, chiriydi, koʻpincha ingichka ipli oq gʻubor bilan . qoplanadi. Qorakosov bilan zararlangan koʻchat nobud boʻladi. Kartoshka Q. ini tuproq bakteriyasi qoʻzgʻatadi. Zararlangan oʻsimlik barglari sargʻayadi, buraladi va soʻliydi. Tuproq ustidan 10 sm gacha boʻlgan chuqurlikda poya qorayib chiriydi, kasallangan poyalar yerdan oson sugʻuriladi; tuganak hosil boʻlishi qiyin kechadi, hosil boʻlgan tuganagi ham zararlanadi.

Kurash choralari: urugʻlikni dorilash, sogʻlom urugʻ, koʻchat ekish; zararlangan oʻsimliklarni sugʻurib, daladan chiqarib tashlash.

Ensiklopediya.uz
QORAKOSOV