QORAKOʻL VOHASI

QORAKOʻL VOHASI

QORAKOʻL VOHASIZarafshon daryosining quyi oqimida (Buxoro viloyati) joylashgan voha. Shim. da Kemirakqum qumliklari, gʻarb va jan.-gʻarbda Sandiqli choʻli, jan. da Ishaqchi qumligi, sharqda Qarshi choʻli bilan chegaradosh. Shim.-sharqda Qorakoʻl vohasi Qorakoʻl platosiga tutash. Voha shim.-sharqsan jan.-gʻarbga 40—45 km ga choʻzilgan, eni 30 — 35 km. Yer yuzasi jan.-gʻarbga nishab. Oʻrtacha balandligi shim.-sharqiy qismida 205 m, jan. da 187 m, Asosan, zarafshon daryosining allyuvial-delta yotqiziqlaridan tashkil topgan. Shim,-gʻarbiy, gʻarbiy va jan. qismlarida allyuvial-koʻl yotqiziqlari ham uchraydi. Voha atrofida harakatdagi va oʻsimliklar bilan mustahkamlangan barxanlar, doʻng qumlar tarqalgan. Iqlimi keskin kontinental. Urtacha yillik t-ra 14°. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —0,2°, eng past t-ra —25°. Iyulda oʻrtacha t-ra 27,2°, eng yuqori t-ra 48°. Yillik yogʻin 120 mm, asosiy qismi sent. —mart oylarida yogʻadi. Qor qoplami juda yupqa (oʻrtacha 1 sm, baʼzi yillari 7 sm ga yetadi).

Ensiklopediya.uz
QORAKOʻL VOHASI