Qor haqida sher eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling
Qor haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun. Deyarli har qish faslida qor tevarak-atrofimizni o’rab oladi. Biz unga boqamiz, uni ustida yuramiz va zavqlanamiz.
Qor yog‘ayotgan oqshom
O’ylasang, olislarda qolgan kimnidir,
Shu qorni o’ylasang, qalbing entiksa.
Ayniqsa, o’zing sevgan qizni o’ylasang,
Ayniqsa, o’ylasang onangni…
Qor esa tinmasa,
Tinmasa qadaming.
O’zing ham bir qor uchquniday,
Singib ketsang tunning bag’riga.
Kimgadir yo’l bersang, kimgadir salom,
Ammo o’zing bilmasang buni.
Qor esa bo’ralab yog’aversa jim,
Adashsang-da, sezmasang adashganingni.
Laylak qor
Derazaning raxidan qorni
Tashqarida yoqqanida qor,
bu o’y surib ingramak demak
va chiroqni o’chirib qo’yib,
oppoq shamni yondirmoq kerak.
Qanday yaxshi, ma’yus, baxtiyor
qiz tashrifin o’tirsang poylab,
tashqarida yoqqanida qor,
ko’chadagi chiroqda porlab.
Qanday yaxshi kuzatmoq to’yib,
tashqarida yoqqan oq qorni,
hech bo’lmasa oldingga qo’yib
o’tkir sharob, bir burda nonni.
Biroq, nega chidamas yurak,
kiyinaman asta, bemador –
qiyin ekan uyda yashamak
tashqarida yoqqanida qor.
Yangi yil sovg‘asi
Qor tagidan mo‘ralar
Daraxtlarning novdasi.
Har bir bola ko‘nglida
Qorboboning sovg‘asi!
Qor parchalar
Qor, qor, qorlar
Qor havosi Qish tasbehlari
Qor ustida qarg’alar,
Qora dog’ga o’xshaydi.
Yo oq qog’ozga tomgan,
Rang — siyohga o’xshaydi.
Fe’li sovuq izg’irin,
Ko’p chatoqqa o’xshaydi.
Quvib solar hammani,
Urto’qmoqqa o’xshaydi.
Har tomonda qor
Qor baralab yog’yapti
Yurganimda iz qolsa,
Qor uni tez yopyapti,
Kuchigim ham oqarib,
Atrofimda chopyapti.
Momojonim oynadan
Juda xursand boqyapti.
Xayolimga yoz kelib,
Suv sharqilab oqyapti!
Qor o‘yini
Qor yoqqan kun
Qandayin so‘z topay tasvirlash uchun,
Maysalar rangini qor yoqqan kuni,
Qordan chiqib turgan maysalar uchin,
Yulduzlar sovuqdan muzlagan tunni.
Oy bilan sayr etib yurgan chog‘imda,
Yo‘lakdagi muzning qisir-qisirin,
Ko‘rpaga o‘rangan tungi bog‘imda,
Qari daraxtlarning mahzun shivirin.
Sirg‘adek osilgan alvon do‘lana,
Yulduzdek yonadi yo‘lak chetida,
Qorning uchqunlari go‘yo parvona,
Qo‘naru eriydi bo‘sh hovuchimda.
Bemahal qor yoqqan kun
Bu fursat chamansiz ko’ngillar yarim,
Bulbulni quvlamang dostonimizdan.
Sizdan nima ketdi, diktor do’stlarim,
Qorni kurab qo’ying bo’stonimizdan.
Yangi yil kechasi
Osmon qorni eladi
Qalin qor tushdi
Yaldo tunlarida so‘yladik doston,
G‘uluvmas, holimiz rostu bor tushdi:
Oh urdik, ummonlar uchdi falakka –
Yo‘q esa, bog‘larga qaydin qor tushdi?
Qorga qasida
Qor haqida
Oppoq qor
Oppoq tiniq — oppoq qor,
O‘ynab tushar osmondan,
Qor qo‘ynida o‘ynoqlab,
Yurar yoshlar shod-xandon.
Sherlar
Qor haqida sher eng sara sherlar to‘plami