QOQSHOL haqida to’liq ma’lumot oling

QOQSHOL haqida to’liq ma’lumot oling

QOQSHOL — oʻtkir infeksion kasallik; nerv sistemasining qoqshol bakteriyalari toksinidan zararlanishi natijasida organizmdagi turli muskul guruhlarining tortishishi bilan kechadi.

Kasallikni Qoqshol bakteriyalari qoʻzgʻatadi. Oʻtxoʻr hayvonlarning ichagi Qoqshol bakteriyalari uchun qulay sharoit hisoblanadi. Bu yerda ular vegetativ shaklda boʻladi, tashqariga ajralib chiqqach, sporalarga aylanadi; ular tashqi muhit taʼsiriga chidamli. Sporalar odam organizmining yaralangan, shikastlangan joylari orqali anaerob sharoitga tushgach vegetativ shaklga aylanib, kuchli ekzotoksin ajratadi. U nerv sistemasining hujayralariga taʼsir koʻrsatadi; ayniqsa, bosh miyaning hayotiy zarur markazlari shikastlanadi. Chaqaloqlarga kindik yarasi orqali yuqishi mumkin.

Bakteriyalar 5 kundan 1 oygacha hech qanday kasallik alomatlarini paydo qilmay organizmda yashayveradi (inkubatsion davr). Baʼzan jarohatning tortishib ogʻrishi, uning yaqinidagi muskullarning tortishib titrashi Qoqsholning belgilaridir. Aksari kasallikda dastlab chaynov muskullari tortishadi (trizm). Bunda bemor ogʻzini ochishga qiynaladi, keyin butunlay ocholmay qoladi, xuddi kulib turganga oʻxshaydi, qoshlari koʻtariladi, peshonasida chuqur ajinlar paydo boʻladi. Boshi orqaga ketadi, tanasi yoydek egilib, faqat boshi va tovonlari bilan tiralib qoladi. Bemor salgina taʼsirot (shovqin, yorugʻlik, tegib ketish, yutinishga urinish)dan tirishib qoladi.

Bemor kasalxonada davolanadi; vaqtida yaxshilab davo qilinsa, bemor hayotini saqlab qolish mumkin.

Qoqsholning oldini olish Qoqshol anatoksinini rejali ravishda yuborishdan iborat (q. Eshash).

Malumotlar
QOQSHOL