QOPLONQIR

QOPLONQIR

QOPLONQIRQoraqum choʻlining Ungʻuzorti qismidagi qir. Turkmaniston va Oʻzbekiston hududlarida joylashgan. Qoplonqirning shim. qismi qisman Ustyurt platosiga kiradi. U shim.-gʻarbdan jan.-sharqqa 200 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. Eni jan.-sharqdan shim.gʻarbga kengayib (35 km gacha) boradi. Eng baland joyi 305 m. Qora-qum qismining jan.-gʻarbiy yon bagʻ-rida Goʻklenquyi (Qorashoʻr) botigʻi (shoʻrxoki) joylashgan. Qoplonqirning botiq yuzasidan koʻtarilgan yon bagʻri nishab va atrofidagi tekisliklar bilan tutashgan. Uning jan. qismida Amudaryoning qad. oʻzani Oʻzboʻy joylashgan.

Ensiklopediya.uz
QOPLONQIR