QONUN USTUVORLIGI

QONUN USTUVORLIGI

QONUN USTUVORLIGI — barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, ularning hokimiyat chiqaraditan boshqa hamma meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalardan ustun turishi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik taʼminlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu tamoyil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: «Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar». Q. u. tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jab-halarida qonunlarning qatʼiy hukmronligini bildirib, yuqorida taʼkidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga soʻzsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga solinganini anglatib, mamla-kat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot muhiti oʻrnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish, shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini bajarishida namoyon boʻladi.

Ensiklopediya.uz
QONUN USTUVORLIGI