Qonni suyultirish usullari — hayot tarzi bo’yicha 5 tavsiya, xalqona vositalar
Qonning 90% dan ortig’i suvdan tashkil topgan. Uning holati yomonlashuvi turli sabablarga ko’ra sodir bo’lishi mumkin. Qanday vositalar bilan qonni suyultirish va qon aylanishini yaxshilash haqida quyida batafsil. SALBIY OMILLAR VA ULARNING BELGILARI Bundan tashqari, qon quyuqligi sababi gormon va fermentlar ishlab chiqarish jarayonida faol ishtirok etadigan vitamin va minerallar, masalan, lesitin, vitamin C, rux, selen va boshqalarning yetishmasligi bo’lishi ham mumkin. Organizmning asosiy biokimyoviy laboratoriyasi bo’lgan va o’z vaqtida tozalanishni talab qiladigan jigar faoliyatining buzilishi qonning holatiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Jigar faoliyatining yomonlashishiga konservalangan, dudlangan va shirin mahsulotlarni ko’p iste’mol qilish, shuningdek sog’lik uchun xavfli sohalarda ishlash va noqulay ekologik sharoitda yashash kabi omillar olib keladi. Qon quyuqlashganida kuzatiladigan asosiy belgilar quyidagilar hisoblanadi: Charchoq; Ularning barchasi u yoki bu tarzda qonning quyuqligi bilan bog’liq. Bunday kasalliklarning oldini olish uchun qonni “suyultirish”, ya’ni ilmiy jihatdan uning yopishqoqligini kamaytirish kerak. Bu qon organizmdagi tomirlar orqali qiyinchilik bilan, yurakka ortiqcha yuk tushirib, to’siqlar hosil qilib emas, osonlik bilan oqib, to’qimalarga kerakli moddalarni yetkazishi uchun kerak. Yosh o’tishi bilan qonning quyuqlashishi kuzatiladi. Maqolaning boshida keltirilgan kasalliklar yuzaga kela boshlaydi. Shu sababli, qon yopishqoqligini kamaytirish uchun shifokorlar keksa bemorlarga har kuni qonni suyultirishga yordam beradigan maxsus preparatlar qabul qilishni tavsiya qiladilar. QONNI SUYULTIRISH UCHUN ODDIY VA TABIIY VOSITALAR Va, albatta, kashtan. Bu qon quyuqlashishi bilan bog’liq kasalliklarni davolash uchun eng kuchli vositalaridan biridir. Bundan tashqari qonni suyultiradigan mahsulotlar va moddalar qatoriga mevalar, behi poyasi (tabiiy aspirin), anjir, zaytun moyi, sarimsoq, limon, apelsin, lavlagi, kakao, anor, kungaboqar pistasi, zanjabil, artishok, yetarlicha suyuqlik ichish, zuluk fermentli hisoblanmish girudinni ham kiritish mumkin. CHEKLASH TAVSIYA ETILADI HAYOT TARZI Zararli odatlardan voz kechish (alkogolli ichimliklar, chekish va hokazo).Qonni suyultirish usullari — hayot tarzi bo’yicha 5 tavsiya, xalqona vositalar
DO`STLARGA ULASHING:
Qon tananing ichki muhiti sifatida, butun organizm va to’qimalarning holati haqida ma’lumot olib, ularning uyg’un ishlashini ta’minlovchi birlashtiruvchi element hisoblanadi. Shuning uchun, qonning optimal suyuqlik va ivuvchanlikda – koagulyativ gomeostazda saqlash talab etiladi.
Ifloslangan, xlorlangan, destruktsiyalangan, gazlangan, sirt tarangli yuqori bo’lgan suvni ichganda, organizm uning xossalarini kerakli qilib o’zgartirishi uchun ko’p miqdordagi energiya sarflashi kerak bo’ladi.
Uyquchanlik;
Bosh og’rishi;
Surunkali charchoq;
E’tiborning kamayishi;
Depressiv holatlar.
QON QUYUQLASHISHI OQIBATI
Venalarning varikoz kengayishi, tromboflebit, insult, stenokardiya, miokard infarkri, vegeto-tomirli distoniya, qon bosimining ortishi, ateroskleroz. Ushbu kasalliklar orasida qanday umumiylik bor?
Maxsus vositalardan ko’ra oddiy, arzonroq va samara bo’yicha qolishmaydigan vositalar – tabiiy o’tlar ham mavjud. Xalq tabobatida qonni suyultirish uchun medunitsa, sallagul, shuvoq, sachratqi, funduk, filipendula, dorivor limono’t, do’lana, qizil sebarga, kavkaz dioskoreyasi, ginkgo, tuyayo’ng’ichqa, akatsiya, tut mevasi ishlatiladi.
Qonni quyuqlashtiradigan mahsulotlarga shakar, spirtli ichimliklar, grechixa, banan, kartoshka, shirinliklar, yog’ga boy oqsilli taomlar, dudlangan mahsulotlar, gazlangan ichimliklarni misol qilib keltirish mumkin.
Qon yopishqoqligi ortishini oldini olish va davolash uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
Ko’proq dam olish.
Toza havoda sayr qilish (qarag’ayli o’rmonlar bo’ylab sayr qilish ayniqsa foydalidir).
Sport bilan shug’ullanish.
Hissiyotlarni boshqarish, stressdan saqlanish.
Bu omillar insonning salomatligini mustahkamlashga va qon quyuqligining oshishi sababli yuzaga keladigan kasalliklarga duch kelmaslikka yordam beradigan hayot tarzi asoslaridir.
Qonni suyultirish usullari — hayot tarzi bo’yicha 5 tavsiya, xalqona vositalar