QON

QON

QONodam va umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasida aylanib yuradigan suyuq toʻqima; hujayra va toʻqimalarga yetib borib, ularning hayot faoliyatini hamda fiziologik funksiyalarining bajarilishini taʼminlaydi. Eritrotsitlarning tarkibidagi gemogyubin Qonga qizil rang beradi. Qonning tarkibi, osmotik bosimi va aktiv reaksiyasi (rN) deyarli oʻzgarmaydi. Qon organizmda xilma-xil vazifalarni bajaradi: u hujayralarga kislorod yetkazib beradi va karbonat angidrid gazini olib ketadi (nafas funksiyasi); ovqat hazm qilish aʼzolaridan oziq moddalarni butun organizmga tarqatadi (oziq moddalarni tashish funksiyasi); moddalar almashinuvi mahsulotini chiqarish aʼzolariga (buyrakka) olib boradi. Qon aʼzolarning gumoral aloqasini yuzaga chiqaradi, u gaz almashinuvi, nafas, suvtuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanatida ishtirok etadi. Qonda antitoksinlar, lizinlar va antitelolar borligi, shuningdek, leykotsitlar mikroorganizmlar va yot jismlarni qamrab yutish xususiyatiga ega boʻlganligi tufayli Qon organizmni zararli moddalar va yot jismlardan himoya qiladi. U gavda trasini doim bir maromda saqlashda muhim ahamiyatga ega.

Ensiklopediya.uz
QON