Qon va uning tarkibiy qismlari donorligiga qarshilik qiluvchi ko‘rsatmalar haqida malumot
№ |
Nomi |
1 |
Onkologik kasalliklar: xavfli o‘smalar va qon kasalliklari |
2 |
O‘tkirosti transfuzion g‘ovakli entsefalopatiyalar (O‘TG‘E): Kuru, Kreyttsfeld-Yakob kasalligi, Gerstmann-Shtreusler sindromi, oila anamnezida (O‘TG‘E) bo‘lgan shaxslar, amiotrofik leykospongioz |
3 |
Endokrin tizimi kasalliklarining moddalar almashuvi va vazifalarini qaytarib bo‘lmaydigan holatlari, qandli diabet (insulinga bog‘liq shakli) |
4 |
Giyohvandlik, alkogolizm, toksikomaniya |
5 |
Yurak-qon tomir kasalliklari: stenokardiya, o‘tkir aritmiya, II va III darajali gipertoniya, ateroskleroz, aterosklerotik kardioskleroz, obliteratsiyalovchi endoarteriit, qaytalanuvchi tromboflebit, endokarditlar, miokarditlar, yurak illati |
6 |
Yuqumli kasalliklar: virusli gepatitlar, B va C viruslari gepatitlari, OIV-infeksiya, OITS, moxov, brutsellyoz, sil (hamma shakllari), tulyaremiya, zaxm, tepkili terlama markerlari bo‘yicha ijobiy tekshiruv natijalari |
7 |
Nafas olish organlari kasalliklari: bronxial astma, bronxoektatik kasallik, o‘pkalar emfizemasi, nafas etishmasligi belgilari bilan obstruktiv bronxit, dekompensatsiya bosqichidagi diffuz pnevmoskleroz |
8 |
Ovqat hazm qilish organlari kasalliklari: me’da va 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi qo‘zg‘alish bosqichidagi, surunkali pankreatit xuruj davrida, nospetsifik yarali kolit xuruj davrida |
9 |
Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari: gepatitlar, jumladan toksik va noaniq etiologiyadagi gepatitlar, tsirroz, kalkulyozli xoletsistit xolangit belgilari bilan |
10 |
Ko‘rish organlari kasalliklari: glaukoma, yuqori darajadagi miopiya (6 va undan ortiq dioptriyalar), retinopatiyalar, to‘r pardaning ko‘chishi, uveit, irit, iridotsiklit, xorioretinit, to‘liq ko‘rlik, traxoma |
11 |
Teri kasalliklari: tana bo‘ylab tarqalib ketgan psoriaz, qizil volchanka, piodermiya, pufakchali ekzema, dermatozlar, vitiligo, chuqur mikozlar |
12 |
Buyraklar va peshob chiqarish yo‘llari kasalliklari: buyrakning dekompensatsiya bosqichidagi diffuz va o‘choqli shikastlanishi |
13 |
Nur kasalligi |
14 |
LOR-organlar kasalliklari: ozena, og‘ir kechadigan surunkali yiringli yallig‘lanuvchi kasalliklar |
15 |
Parazitar kasalliklari: leyshmanioz, exinokokkoz, toksoplazmoz, tripanosomoz, rishta |
16 |
Biron tana a’zosini olib tashlash bilan bog‘liq operatsiyalar, reproduktiv tizim organlari bundan mustasno |
17 |
Markaziy asab tizimining organik kasalliklari |
18 |
Biriktiruvchi to‘qimaning diffuz kasalliklari |
19 |
Surunkali va o‘tkir osteomiyelit |
20 |
Tana a’zolari transplantatsiyasi |
21 |
Ruhiy kasalliklar |
Kasalliklar
Qon va uning tarkibiy qismlari donorligiga qarshilik qiluvchi ko‘rsatmalar