QON KASALLIKLARI

QON KASALLIKLARI

QON KASALLIKLARI, qon sis temasi kasalliklari — periferik qon va qon yaratuvchi aʼzolarning shikastlanishi bilan kechadigan kasalliklar guruhi. Qon kasalliklarining kelib chiqish sabablari va belgilari xilma-xil, lekin ularning hammasida ham qon hujayralarining ishlanib chiqishi, funksiyalari, organizmda taqsimlanishi va b. koʻrsatkichlari buziladi. Bu oʻzgarishlar qon yaratilishini idora etadigan nerv-endokrin sistema funksiyasi hamda boshqa aʼzolar (meʼda, jigar) faoliyatiga, organizmning irsiy xususiyatlarini belgilovchi gen apparatiga bogʻliq. Qon kasalliklariga olib keladigan jarayonlar mexanizmi murakkab va xilmaxilligi sababli Qon kasalliklarini shartli ravishda patogenetik xususiyatlari va klinik belgilariga qarab leykozlar, kamqonliklar va koagulopatiyalarga ajratiladi. asosan, qizil qon sistemasi kasalliklari, oq qon sistemasi kasalliklari, trombotsitlar (qon plastinkalari)ning kasalliklari tafovut qilinadi. Bularning kelib chiqishida qon sistemasida roʻy beradigan aplastik, giperplastik oʻzgarishlar va qon yara-tilishining buzilishiga olib keladigan boshqa patologik jarayonlarning ahamiyati katta.

Ensiklopediya.uz
QON KASALLIKLARI