Qon kasalliklari qanday xastalik?

Qon kasalliklari qanday xastalik?

Qon kasalliklari qanday xastalik?

DO`STLARGA ULASHING:

Savol: Keyingi paytlarda turli ijtimoiy tarmoq va saytlarda oqqon (leykoz) kasalligiga chalinganlar uchun tashkil etilayotgan xayriya aksiyalarini kuzatib, bu kasallik ko‘payayotgandek tuyuldi. Eshitishimcha, ilgari oqqonga chalinish kam bo‘lgan. Hozir bu kasallikka duchor bo‘lganlarning ko‘payib ketishiga sabab nima?

Kamol QO‘YLIYEV, Baxmal tumanidagi 79-maktab o‘qituvchisi

Javob: Oxirgi 10 yilda butun dunyoda qon kasalligi­ning o‘sishi kuzatilmoqda. Shu­ning­­dek, leykoz, aplastik anemiya, gemorragik diatez kabi xasta­liklar odam­larni qiyna­yapti. Qon kasalliklarining ortishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarga — ekzo­gen va endogen, ya’ni radiatsiya, kimyo sanoati, eko­logik muhit, nurlanish va boshqalar misol bo‘lishi mumkin. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamla­katimizda  ham qon kasalliklari­ning ko‘payishi kuzatil­moqda.

Jahonda, statistika ma’lumot­lariga ko‘ra, erkaklar orasida kasallik ayollarga nisbatan ko‘proq uchraydi. O‘zbekistonda ham holat xuddi shunday. Qon kasalligiga ko‘proq 18–35 yoshgacha bo‘lganlar chali­nadi.

B.Yusufaliyev,  Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari

Qon kasalliklari qanday xastalik?